«Milan» Rafael Leauni Ruben Diasga almashtirmoqchi
Ehtimoliy kelishuvda portugaliyalik agent Jorje Mendesh muhim rol o‘ynashi mumkin.
«Milan» qanot hujumchisi Rafael Leauni «Manchester Siti» markaziy himoyachisi va sardori Ruben Diasga almashtirishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, ehtimoliy kelishuvda portugaliyalik agent Jorje Mendesh muhim rol o‘ynashi mumkin. U Leau va Diasning manfaatlarini himoya qiladi.
«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim yuqori darajadagi markaziy himoyachi izlamoqda. Shu bilan birga, Mendesh Leauning «Galatasaroy» yoki Saudiya Arabistoni klublaridan biriga o‘tishi variantlarini ham ko‘rib chiqmoqda.
Leau o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Dias esa barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol qayd etdi.