Merganlarimiz Osiyo kubogida bronzali bo‘ldi
Janubiy Koreyaning Suvon shahrida kamondan otish bo‘yicha Osiyo kubogi bosqichi o‘z yakuniga yetib bormoqda. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi bitta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Yurtdoshlarimiz Amirxon Sodiqov va Ziyodaxon Abdusattorova mikst dasturida shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.
Endi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 15-16 iyun kunlari jamoaviy va yakkalik dasturdagi "Parij-2024" yo‘llanmalari o‘ynaladigan yakuniy musobaqada ishtirok etish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga yo‘l oladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA