Marg‘ilonga har yili 250 ming ichki va 75 ming xorijiy turistlar kelmoqda
Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilganidek, Marg‘ilonga har yili 250 ming ichki va 75 ming xorijiy turistlar kelmoqda. Bu ko‘rsatkichlarni yanada oshirish uchun mehmonxona va xizmat ko‘rsatish joylarini ko‘paytirish zarur.
Shu bois, Marg‘ilonda 5 ta mehmonxona, Shoirlar va san’atkorlar xiyoboni, Maqom teatri, 50 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari quriladi.
Shuningdek, Pichoqchi mahallasidan joy berilsa, mahalliy tadbirkorlar 240 o‘rinli zamonaviy 2 ta mehmonxona qurish va hududni turizm maskaniga aylantirish taklifini bergan.
Umuman, Marg‘ilon hokimligiga aytilgan imkoniyatlar hisobiga joriy yilda tumanga 300 million dollar investitsiya jalb etish va 50 ming yangi ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yildi.
O‘zA