Maişiy gaz ballonlari xonadonlarga yetkazilmoqda
Sovuq kunlarda aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlaş, uni yetkazib beriş va tarqatiş, xavfsizlik çoralarini kuçaytiriş muhim ahamiyatga ega. Bu borada masʼul taşkilotlar hamkorligida joylarda amaliy işlar olib borilyapti.
Prezidentimizning suyultirilgan gaz taʼminoti tizimini isloh qiliş va sohaga bozor mexanizmlarini bosqiçma-bosqiç joriy etişga qaratilgan qarori ijrosi doirasida taşkil etilgan “LPG-Trade” korxonasi tomonidan ham aholiga xizmat körsatiş jarayonlari izçil yölga qöyilmoqda.

Xususan, Toşkent viloyati IIB huzuridagi Qöriqlaş departamenti hamda “LPG-Trade” MÇJ Toşkent viloyati hududiy filiali masʼullari hamkorligida Böka tumanidagi “Parkent” mahallasi aholisiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi. Jarayonda tayyor maişiy gaz ballonlari maxsus avtotransport vositalari orqali xonadonlarga olib borildi. Isteʼmolçilardan tölovlar Face ID tizimi orqali qabul qilinib, hisob-kitoblarning aniq va şaffof amalga oşirilişi taʼminlandi.

Şuningdek, Qöriqlaş departamenti xodimlari tomonidan gaz ballonlarini taşiş, tarqatiş va tölovlarni amalga oşiriş jarayonlarida jamoat tartibi hamda mol-mulk xavfsizligi nazorat qilindi. Tadbir davomida fuqarolarga maişiy gaz ballonlaridan xavfsiz foydalaniş qoidalari yuzasidan ham tuşuntirişlar berildi.
Bunday hamkorlikdagi işlar aholiga gaz yetkazib beriş jarayonini tartibli taşkil etiş, xizmatlar şaffofligini taʼminlaş va isteʼmolçilar xavfsizligini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
A.Musayev,ÖzA