Mahkumlar oliy taʼlim oliş imkoniga ega böladi
Bu haqda 2026-yil 16-noyabrda qabul qilingan “Jazoni ijro etiş muassasalarida jazo muddatini ötayotgan şaxslarni ozodlikka tayyorlaş va ijtimoiylaşuvini taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident qarorida belgilandi.
Qarorga köra, 2027/2028 öquv yiliga qadar jazoni ijro etiş muassasalarida 310 ta öquv va 420 ta amaliy maşğulotlar xonasi taşkil etiladi. 2030-yilga qadar mehnat bozoriga mos kamida 50 ta kasb böyiça öquv dasturlari joriy qilinadi.
Şuningdek, har yili kamida 15-20 ming nafar mahkumni talab yuqori bölgan kasblarga öqitiş hamda mahkumlarni kasbga öqitiş orqali takroriy jinoyatçilik darajasini 30 foizga qisqartiriş vazifasi belgilandi.
“Yangi hayot” dasturi doirasida 2027/2028 öquv yilidan boşlab mahkumlarga oliy taʼlim taşkilotlariga kiriş va masofaviy taʼlim şaklida tölov-kontrakt asosida öqiş imkoni yaratiladi.
Öqişga qabul qilingan mahkumlar masofaviy taʼlim şaklida öqişi uçun koloniyalarda videokonferensaloqa vositalari bilan jihozlangan xonalar ajratiladi.
Şuningdek, yoş mahkumlar orasidan saylov yöli bilan yoşlar faollari tanlanadi va har çorakda BHMning uç baravari miqdorida rağbatlantiriladi.
Barça koloniyalardagi mahkumlar örtasida masofaviy şaklda “Yoş kitobxon” tanlovi taşkil etiladi.
Koloniyalar kutubxonalarida “Mutolaa” platformasidan foydalaniş imkoniyati yaratiladi.
ÖzA