Kinoijodkorlarga davlat tomonidan munosib sharoit va ijodiy erkinlik muhiti yaratib beriliadi
Prezidentimiz ekranda ulug‘ ajdodlarimiz bilan birga bugun yonimizda yashayotgan insonlar ham o‘zining haqqoniy qiyofasini topishi kerakligini ta’kidladi.
O‘qituvchilarning fidoyiligi, shifokorlarning jonkuyarligi, sportchilarning matonati, Vatan himoyachilari va askarlarning jasorati ta’sirli kinolar uchun katta mavzu. Tadbirkorlarning tashabbuskorligi, quruvchilarning bunyodkorligi, yoshlarning orzu va izlanishlari ham shular jumlasidan.
– Farzandlarimiz shunday qahramonlarda o‘zini ko‘rsin, o‘z kuchiga ishonsin, o‘z yurtining kelajagiga daxldorligini his etsin, – dedi davlatimiz rahbari.
Bu yo‘lda kinoijodkorlarga davlat tomonidan munosib sharoit, qo‘llab-quvvatlash va ijodiy erkinlik muhiti yaratib berilishi ta’kidlandi.
O‘zA