Kinematografiya agentligi tugatilib kino sohasida boshqaruv tizimi butunlay o‘zgaradi
Prezidentimizning "O‘zbekfilm” kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uchrashuvi davom etmoqda.
Prezidentimiz sohani boshqarish, moliyalashtirish va film yaratish vazifalari aniq ajratilib, yangi tizimga o‘tilishini ma’lum qildi. Avvalo, ixcham va zamonaviy boshqaruv yo‘lga qo‘yiladi.
Kinematografiya agentligi tugatilib, kino sohasida davlat siyosatini yuritish vakolati Madaniyat vazirligiga o‘tkaziladi.
Vazirlikda Kino san’ati departamenti tashkil etiladi. Departament rahbarining maqomi vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Mas’ullarga bir oyda departament faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, Kinematografiya agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarni tugatishni ta’minlash topshirildi.
O‘zA