Kim Eljun: “Kurashni Olimpiya o‘yinlariga kiritish eng ulug‘ maqsadimiz”
Xalqimizning azaliy qadriyati, ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelgan xalq o‘yini kurash mamlakatimiz mustaqilligi, davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi natijasida sport turi sifatida xalqaro maydonda yangi sport turi sifatida dovruq qozondi. Uning xalqaro maydondagi rivojini ta’minlash, ommalashtirish borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.
Qisqa fursatda kurash yangi sport turi sifatida dunyoning 130 dan ziyod davlatida tan olindi. Osiyo o‘yinlari tizimiga kiritildi. Afrika, Osiyo, Yevropa va Amerika qit’asining ko‘plab davlatlarida kurash sport turi bo‘yicha ichki chempionatlar, xalqaro turnirlar, seminarlar, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi. Bu, kurash sporti orqali tili, dini, qarashlari turfa bo‘lgan ming-minglab insonlar o‘rtasida muloqot yo‘lga qo‘yilishiga, umumbashariy qadriyatlarga aylangan milliy an’analarimiz, so‘zlarimiz, o‘zbekona iboralar jahon sport terminologiyasidan joy olishiga zarur shart-sharoit yaratdi.
Jahonda futbol, boks, karate, yengil atletika, suzish, voleybol kabi sport turlari qatorida yangi kurash sport turi, kurashchilar oilasi paydo bo‘ldi. Bugun dunyoda Xalqaro kurash assotsiatsiyasiga a’zo mamlakatlardagi kurash federatsiyalari, ularda mehnat qilayotgan yuzlab kurash mutaxassislari halollik tamoyillariga asoslangan o‘zbek sporti – kurashni rivojlantirish yo‘lida mehnat qilmoqda, izlanishlar olib bormoqda.
Shunday insonlardan biri, asli Janubiy koreyalik, hozirda Xalqaro kurash instituti yetakchi eksperti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professori sifatida ishlab kelayotgan Kim Eljun bilan suhbatimiz kurash bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan xalqaro musobaqa va chempionatlar, seminarlar xususida bo‘ldi.
Shuningdek, muloqotimiz davomida Kim Eljun qanday qilib o‘zbek tilini o‘rgangani, kurash sport turida ishlatiladigan ”Halol”, “Yonbosh”, “Chala”, “Ta’zim” “Gilam” kabi o‘zbekona so‘zlar xalqaro sport atamalari qatoridan o‘rin egallagani, ularning mazmun-mohiyati, kurashni Olimpiya o‘yinlariga kiritish jarayonlari kabi bir qator mavzular haqida so‘z yuritildi.
<iframe width="650" height="420"
src="https://www.youtube.com/embed/-2vmBwEU_e4"
title="YouTube video player"
frameborder="0"
allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share"
allowfullscreen>
</iframe>T.Ro‘ziyev,
N.Abduvoitov (video),
A.Ahmedov(montaj),
O‘zA