Jahon chempionatida bugun nimchorak final bosqichi start oladi
AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tayotgan 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida 1/16 final bosqichi yakunlandi. 4–7-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan nimchorak final bahslarida o‘zaro kuch sinashadigan sakkiz juftlik nomi aniq bo‘ldi.
Nimchorak final bahslarida quyidagi juftliklar o‘zaro kuch sinashadi:
4-iyul: Kanada — Marokash, Paragvay — Fransiya;
5-iyul: Braziliya — Norvegiya, Meksika — Angliya;
6-iyul: Portugaliya — Ispaniya, AQSH — Belgiya;
7-iyul: Argentina — Misr, Shveysariya — Kolumbiya.
Nimchorak final bosqichiga bugun start beriladi. Dastlabki uchrashuvda Kanada va Marokash terma jamoalari o‘zaro maydonga tushadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
Mazkur bosqichda g‘alaba qozongan sakkiz jamoa Jahon chempionatining chorak finaliga yo‘llanma oladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA