Keylor Navas “Real”ni tark etadi
Kosta-Rikalik taniqli darvozabon Keylor Navas joriy mavsum yakunida Madridning “Real” klubini tark etishga qaror qildi
Kosta-Rikalik taniqli darvozabon Keylor Navas joriy mavsum yakunida Madridning “Real” klubini tark etishga qaror qildi. “Qirollik klubi” yozda oʻz safiga belgiyalik Tibo Kurtuani qoʻshib olganidan soʻng Navas zaxirada qolib ketmoqda. Aynan shu sabab kosta-rikalik mohir futbolchi Madrid jamoasidan ketmoqchi.
Bundan biroz muqaddam “Real”ning sobiq yulduzi Krishtiano Ronaldo hozirda toʻp surayotgan klubi “Yuventus” rahbariyatiga Keylor Navasni tarkibga qoʻshib olish taklifini bergandi.
“AS” nashrining maʼlum qilishicha, madridliklar mavsum yakunida Navasni qoʻyib yuborishadi.