Kasaba uyuşmasi xodimning haqiqiy himoyaçisiga aylanmoqda
Andijonda 11-noyabr - Özbekiston kasaba uyuşmalari kuniga bağişlangan tantanali bayram tadbiri bölib ötdi.
Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov, soha vakillari, faxriylari, kasaba uyuşmalari faollari hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etgan bayram tadbiri oçilişida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar jarayoni, mehnatkaşlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlaşda kasaba uyuşmasi taşkilotlarining örni va roli muhim ahamiyat kasb etayotganligi taʼkidlandi.
Tadbirda viloyat hokimi Ş. Abdurahmonov söz olib, soha xodimlarini kasb bayrami bilan muborakbod etib, Davlatimiz rahbari tomonidan mehnat munosabatlarini tartibga soliş, korxona va taşkilotlarda xavfsiz hamda munosib mehnat şaroitlarini yaratiş borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosiga töxtaldi. Jamiyatda ijtimoiy şeriklikni mustahkamlaş va xodimlarning huquqiy himoyasini kuçaytirişda kasaba uyuşmalari tizimining tutgan örnini alohida baholadi.


Darhaqiqat, kasaba uyuşma taşkilotlarining jamiyat hayoti, xodimlar huquq va manfaatlari himoyasini taʼminlaşdagi örni, roli, iştiroki va nufuzi tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda Andijon viloyatida korxona, taşkilot va muassasalarda 2 ming 800 dan ziyod boşlanğiç kasaba uyuşmalari taşkilotlari faoliyat olib bormoqda. Uşbu taşkilotlar öz safiga 500 ming nafarga yaqin aʼzoni birlaştirgan. Ularning 220 ming nafarga yaqinini ayollar, 170 ming nafardan ortiğini yoşlar taşkil etadi.
Bir söz bilan aytganda, keyingi yillarda yurtimizda kasaba uyuşma taşkilotlari xodimning haqiqiy himoyaçisiga aylanmoqda.


Bayram tadbirida köp yillik samarali mehnati bilan soha rivojiga, işlab çiqariş va xizmat körsatiş tarmoqlarida xodimlarni qöllab-quvvatlaşga munosib hissa qöşib kelayotgan bir guruh tizim xodimlari, taşabbuskor faollar, soha faxriylari taşakkurnoma hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Tadbirda madaniyat xodimlari, sanʼatkorlar tomonidan namoyiş etilgan badiiy dastur iştirokçilarga xuş va bayramona kayfiyat ulaşdi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri.