Tibbiyot xodimlariga ehtirom körsatildi
Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tantanali marosim ötkazildi. Unda soğliqni saqlaş tizimida samarali faoliyat körsatayotgan xodimlar, soha faxriylari, jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Viloyat hokimi Adiz Boboyev tibbiyot xodimlarini tabriklab, inson salomatligini asraş, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarga yuksak samara berayotganini taʼkidladi.
– Bugungi kunda viloyatimizda respublika ixtisoslaştirilgan tibbiy markazlarining 10 ta filiali, 6 ta köp tarmoqli şifoxona, Samarqand davlat tibbiyot universitetining 4 ta klinikasi, 16 ta tuman va şahar markaziy şifoxonalari, 420 ga yaqin oilaviy poliklinika va uning filiallari faoliyat körsatmoqda, – dedi A.Boboyev. – Xalqimiz bu muassasalar bilan birga 850 dan ortiq xususiy şifoxona va tibbiy markazlar xizmatidan foydalanmoqda. Sohada olib borilayotgan izçil islohotlar natijasida tibbiyotning barça böğinida özgarişlar böldi. Natijada aholining ovoragarçiligi kamaydi, poytaxt yoki xorijga borib emas, viloyatning özida muolaja oliş imkoniyati paydo yaratildi. Birgina şu yilning özida yuqori texnologik operatsiyalari turlari 196 tadan 205 taga oşdi va şu paytgaça 19 mingdan ortiq şunday jarrohlik amaliyotlari bajarildi. Jumladan, 7 nafar bemorda autologik suyak kömigi özak hujayralari, 47 nafar bemorda jigar va 189 nafar bemorda buyrak transplantatsiyasi operatsiyalar muvaffaqiyatli ötkazildi. Yuragida nuqsoni bölgan 565 nafar bolada kardiojarrohlik operatsiyalari bajarildi. Muhimi, bu jarayonlarni özimizning mutaxassislarimiz, yuqori malakali şifokorlarimiz amalga oşirmoqda.
[gallery-32393]
Bayram tadbiri davomida sohada fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh tibbiyot xodimlari munosib taqdirlandi. Ularga soğliqni saqlaş vazirligining “Soğliqni saqlaş aʼloçisi” va “Xalq salomatligi posboni” kökrak nişonlari, viloyat hokimligining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovğalari topşirilib, turli nominatsiyalar böyiça rağbatlantirildi.
Ğ.Hasanov, A.Isroilov (surat), ÖzA muxbirlari