Inson salomatligiga tahdid soluvçi mahsulotlar yöq qilindi
Hozirgi davrda aholini inson salomatligiga zarar yetkazmaydigan sifatli mahsulotlar bilan taʼminlaş, bu orqali ularning salomatligini asraş böyiça qator işlar amalga oşirilmoqda.
Şunga qaramay, mamlakatimiz çegarasidan heç qanday hujjatlarga ega bölmagan xorijiy mahsulotlarni olib kiriş holatlari uçrab turibdi. Xususan, Majburiy ijro byurosi Nukus şahar bölimi iş yurituvida mavjud bölgan, jinoyat işlari böyiça sudlarning qarorlariga asosan Qoraqalpoğiston Respublikasi Bojxona boşqarmasi olib qöyilgan jami 316 dona çet elda işlab çiqarilgan har xil nomdagi alkogol, 101 dona tamaki, isteʼmolga yaroqsiz holatda bölgan oziq-ovqat va dori mahsulotlarini yöq qiliş belgilangan.
Şu tariqa, sud qarorlarida belgilangan talablar töliq ijro etilib, inson salomatligiga zarar yetkazişi mumkin bölgan mahsulotlarning muomaladan çiqarilişi taʼminlandi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri