Tovlamaçi ayol uşlandi
Xavfsiz va soğlom yurt keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari davomida qiziltepalik ayolning nayranglari foş etildi.
Qiziltepa tumani IIB Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda jiyanining tanişi bölgan qizning şaxsiy maʼlumotlari, fotosurat va videolarini ijtimoiy tarmoq orqali tarqatib şarmanda qiliş bilan qörqitib, undan 1400 AQŞ dollari talab qilib kelayotgan ayol mazkur pullarni olayotgan paytda qölga olindi.

Avval ham jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan va qilmişidan xulosa çiqarmagan ayol bu gal ham tovlamaçilik sabab qonun oldida javob berişga majbur.
Unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri