Kasaba uyuşmalarining jamiyatdagi örni mustahkamlanib mehnat huquqlarini kafolatlaş tizimi yangi bosqiçga kötarildi
Halol va fidokorona mehnat doimo eʼtibor, rağbat va ehtiromdan kuç-quvvat oladi. Mehnat ahlini har tomonlama qöllab-quvvatlaş yangilanayotgan Özbekistonda inson qadr-qimmatini uluğlaş borasidagi ibratli taşabbuslarda ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Sönggi yillarda mamlakatimiz Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi faoliyati yangi taraqqiyot bosqiçiga kötarildi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2025-yil 17-oktabr kuni Özbekiston kasaba uyuşmalari faollari va faxriylari bilan ötkazgan uçraşuvi ham uşbu jamoat tuzilmasi faoliyatini bugungi şiddatli yangilaniş jarayonlariga hamohang tarzda yölga qöyiş, uning ravnaqi yölida yangi istiqbollarni belgilab olişda muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur uçraşuvda ilgari surilgan taşabbus va vazifalar bugun ham soha faoliyati uçun muhim dasturilamal bölib xizmat qilmoqda.
Aytiş kerakki, mamlakatimizda insonparvar, kuçli ijtimoiy yönaltirilgan davlat barpo etiş borasidagi ezgu saʼy-harakatlarda kasaba uyuşmalari faoliyatini rivojlantirişga ham jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari soha vakillari bilan uçraşuv çoğida eʼtirof etganidek, mamlakatimizda har bir insonning huquq va erkinliklarini taʼminlaş, mehnatini muhofaza qiliş, kafolatlangan ijtimoiy himoyadan foydalanişi uçun mustahkam huquqiy asoslar yaratildi.
Mamlakatimiz yetakçisining ğoyasi asosida bir neça yillardan buyon 11-noyabr — Özbekiston kasaba uyuşmalari kunining yuksak ruhda nişonlanib kelinayotgani ham sohaga bölgan eʼtiborning amaliy ifodasidir.
Zahmatli mehnatning munosib rağbati har bir insonning kayfiyatini kötaradi, işiga baraka, faoliyatiga rivoj bağişlaydi. Sobiq şörolar davrida Özbekiston paxta yakkahokimligiga mahkum etilgani, buning oqibatida xalqimiz boşiga oğir kunlar tuşgani heç kimga sir emas. Taassufki, majburiy mehnat kabi oğriqli muammolar 90-yillardan keyin ham uzoq vaqt öz yeçimini kutdi.
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan majburiy mehnatga barham berilişi mamlakatimizda mehnat munosabatlarini tubdan özgartirib, inson qadri va mehnat huquqlarini taʼminlaş borasida yangi davrni boşlab berdi. Ayniqsa, paxtaçilik sohasida majburlaş örnini manfaatdorlik, tazyiq örnini rağbat, majburiyat örnini erkin mehnat tamoyillari egallagani muhim ahamiyat kasb etdi. Bu özgarişlar, eng avvalo, dehqon va fermerlarning mehnatga bölgan munosabati, iş samaradorligi va sohadagi iqtisodiy manfaatdorlikning ortişida namoyon bölmoqda.
Joriy yilda mamlakatimizda paxta xomaşyosi yetiştiriş hajmining 5 million tonnadan oşgani ham dehqon va fermerlarimizning fidokorona mehnati, sohada yaratilgan imkoniyatlar hamda mehnatga bölgan munosabatning özgarişi samarasidir. Albatta, bunday natijalar zamirida inson mehnatiga munosib şaroit yaratiş, uning huquq va manfaatlarini himoyalaş, mehnatga rağbatni kuçaytiriş kabi muhim omillar mujassam. Bu jarayonda kasaba uyuşmalarining mehnatkaşlar huquq va manfaatlarini himoya qiliş, munosib mehnat şaroitlarini taʼminlaş borasidagi faoliyati ham alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur yönalişdagi islohotlar xalqaro taşkilotlar tomonidan ham eʼtirof etilayotgani eʼtiborga molik.
Majburiy mehnatga yöl qöymaslik, barça jabhalarda fuqarolarning mehnatga oid huquq va manfaatlarini taʼminlaş, xodimlar va iş beruvçilar örtasida yuzaga keladigan muammolarga amaliy yeçim topiş, kamçiliklarni öz vaqtida aniqlaş va bartaraf etişda Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi faol jamoat tuzilmasi sifatida namoyon bölmoqda.
Ayni paytda aholi salomatligini mustahkamlaş, yangi sport-soğlomlaştiriş va dam oliş maskanlari, sihatgohlar barpo etiş borasida ham yurtimizdagi eng yirik jamoat tuzilmalaridan biri bölgan uşbu Federatsiya faollik körsatmoqda.
Şuningdek, «Ayollar daftari»da röyxatda turgan opa-singillarimizga kömak qölini çöziş, iş beruvçi va xodim örtasida yuzaga kelgan masalalarga yeçim topiş, iş haqlarining öz vaqtida tölanişini taʼminlaş, mehnat huquqlariga oid muammolarni bartaraf etişda ham kasaba uyuşmalarining örni beqiyos. Qolaversa, içki turizmni rivojlantiriş, soğlom turmuş tarzini tarğib etiş, kitobxonlikni ommalaştiriş, nuroniylarga izzat-hurmat körsatiş borasida Federatsiya va uning joylardagi tuzilmalari tomonidan amalga oşirilayotgan işlar alohida eʼtiborga loyiq.
— Davlatimiz rahbari kasaba uyuşmalari sohasiga katta eʼtibor qaratmoqda, — dedi Özbekiston Qahramoni, Jizzax viloyatining Paxtakor tumanidagi «Anvar-A» fermer xöjaligi rahbari, Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi laureati mukofoti sohibi Anorboy Eşmatov. — Bu eʼtibor sohaga bundan 10–20 yillar avval qaratilgan eʼtibordan tubdan farq qiladi. Kasaba uyuşmalari bugun eng xalqçil tuzilmalardan biriga aylandi. Köp yillar oldin byudjet taşkilotlari xodimlari, hatto maktab öquvçilari ham paxta terimiga jalb etilar edi. Davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan bunday holatlarga barham berildi. Majburiy mehnatga yöl qöymaslik, mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal etişda kasaba uyuşmalari ham samarali faoliyat olib bormoqda. Bularning barçasi yurtimizda keçayotgan tub ijobiy özgarişlar inson manfaatlariga yönaltirilganining yorqin ifodasidir.
— Bugun yurtimiz tinç, hayotimiz osuda, — dedi Özbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Taxiatoş tuman bölinmasi Kengaşi raisi, Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi laureati mukofoti sohibasi Sayyora Bekimbetova. — Buning barçasi kasaba uyuşmalari sohasida ham samarali işlaş, inson manfaatlariga ustuvor ahamiyat qaratiş imkonini bermoqda.
Darhaqiqat, tinç yurtga bayramlar yaraşadi. 11-noyabr — Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni mamlakatimizning barça hududlarida kötarinki ruhda nişonlanmoqda. Bularning barçasi Yangi Özbekistonda inson manfaati va qadr-qimmati doimo ustuvor ekanining yana bir yorqin isbotidir.
Nazokat Usmonova,
ÖzA muxbiri