"Avtomobilsiz kun" yöllarda aks etmadi
Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi “Atmosfera havosi sifatini yaxşilaşga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga muvofiq, har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” hamda “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari ötkaziş rejalaştirilgan.
Mazkur taşabbus avtotransport vositalaridan havoga çiqadigan zararli taşlamalarni kamaytiriş va bu orqali ekologik barqaror muhitni şakllantiriş, şuningdek, jamoat transporti va ekologik toza transport vositalaridan foydalaniş madaniyatini keng tarğib qilişga xizmat qilişi közda tutilgan. “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari doirasida davlat fuqarolik xizmatçilari tomonidan avtotransport vositalaridan foydalaniş javobgarlikka sabab böladi.
Aslida avtomobilsiz kunning muvaffaqiyati uni eʼlon qiliş bilan emas, öşa kuni köçalarda haqiqatan ham avtomobillar kamayişi bilan ölçanadi.
Masalan, keça 10-noyabr mamlakatimizda “Avtomobilsiz kun” hamda “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari ötkazildi. Nomiga qaraganda, avtomobilsiz kun. Balki, davlat va nodavlat taşkilotlar xodimlari hamda qaysidir yurtdoşlarimiz aksiyalarda faol qatnaşayotgandir. Agar natijalar amalda aks etganida uşbu kunda şaharning baʼzi köçalarida bölsa-da, maşinalar oqimi siyraklaşib, piyodalar va jamoat transportiga kengroq örin bölişi kerak edi. Ammo amalda manzara hamon özgarmagan: tirbandliklar, uzluksiz signallar, avtomobillar oqimi — hammasi odatdagidek. Bir kunlik taşabbus ham haydovçilarni şaxsiy transportdan voz keçişga unday olmasa, uning ekologik samarasi haqida gapiriş muşkul.
Avtomobilsiz kunni şior yoki taqvimdagi sanaga aylantiriş oson. Ammo uning natijasini köriş uçun muqobil transport imkoniyatlari, tarğibot va eng muhimi, har birimizning şaxsiy masʼuliyatimiz zarur.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA