Özbekiston "Yaşil makon" bilan yaşillikka intilmoqda
Yaşillik bugun eng dolzarb va hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. Şuning uçun ham ekologiya yönalişidagi vazifalar davlat siyosati darajasiga kötarildi. Bu borada “Yaşil makon” umummilliy loyihasi xalqimiz iştirokidagi dolzarb ijtimoiy harakatga aylandi.
Bu yönalişdagi saʼy-harakatlarda Özbekiston Ekologik partiyasi taşkilotlari va deputatlik birlaşmalari, partiya faollari va ekovolontyor yoşlar ham faollik körsatmoqda. Xususan, partiya taşkilotlari tomonidan hududlarda uşbu loyiha doirasida qator köçat ekiş aksiyalari uyuşqoqlik bilan taşkil etib kelinmoqda. Mazkur saʼy-harakatlarda yoşu qari barça darajadagi aholi vakillari iştirok etib, tabiatni asraşga hissa qöşişmoqda.
Masalan, birgina Angren şahrida “Birgalikda toza şahar uçun” va “Toza muhit — soğlom hayot” şiorlari ostida ötkazilgan “Yaşil makon” aksiyasida şahar hokimligi, Ekopartiya vakillari, şahar Yoşlar işlari va Madaniyat bölimlari xodimlari hamda hududdagi taʼlim muassasalari vakillari iştirok etdi. Kimyogar mahallasida taşkil etilgan ekologik aksiya davomida hudud iqlimiga mos daraxt köçatlari ekildi.

Şu bilan birga, “Yaşil makon” loyihasining tub maqsad-vazifalari, uning hudud ekologik muhitini muhofaza qiliş, havo musaffoligini taʼminlaş hamda yaşil maydonlarni kengaytirişdagi ahamiyati xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Bu kabi amaliy tadbirlar mamlakatimizning barça hududida izçillik bilan taşkil etib kelinyapti. Bu esa “Özbekiston — 2030” strategiyasida yurtimizda yaşillik darajasini 30 foizga yetkaziş böyiça belgilangan marrani zabt etişga xizmat qiladi. Kelajak uçun barqaror ekologik muhit yaratişdek ezgu maqsadlarimizga yetkazadi.
Muhtarama Komilova,
ÖzA