Elektr energiyasi taʼminoti: kuz-qiş mavsumiga puxta hozirlik körildi
Bugungi kunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan viloyatdagi isteʼmolçilarga belgilangan tartibda elektr energiyasi yetkazib berilmoqda. Umuman, viloyatda isteʼmolçilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlaş, mazkur yönalişdagi işlarning sifatini yanada yaxşilaş, qolaversa, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida keng kölamli işlar amalga oşirildi.
– Asosiy maqsadimiz, isteʼmolçilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlaş, – deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali rahbari Maşʼalbek Hojimatov. – Bu borada mavjud muammolar bartaraf etilmoqda, yuzaga kelişi mumkin bölgan nosozliklarning oldini oliş çoralari körilmoqda. Jumladan, 2026-2027-yil kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida viloyatda 2 ming 368,9 kilometr uzunlikdagi elektr uzatiş tarmoği, 870 ta transformator punkti mukammal, 4 ming 126,4 kilometr uzatiş tarmoğida, 1 ming 703 ta transformator punktida joriy taʼmirlaş işlari amalga oşirildi. Amalga oşirilgan işlar natijasida tarmoq kuz-qiş mavsumiga tayyor holga keltirildi. Bundan taşqari, filial tasarrufidagi barça elektr qurilmalar körikdan ötkazildi. Iş holati böyiça örganişlar davomida taʼmirga muhtoj 2 ming 877 ta transformator punkti, 2 ming 876,6 kilometr elektr uzatiş tarmoqlari borligi aniqlanib, ular “qizil” va “sariq” toifalarga ajratildi. Taʼmirtalab transformator punktlari va uzatiş tarmoqlari taʼmirlanib, barçasi “yaşil” toifaga ötkazildi.


Bu kabi işlar viloyatning barça tuman va şaharlarida belgilangan tartiblar asosida amalga oşirildi. Masalan, Andijon şahar, “Yaxşi” mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan quvvati 400 kVA bölgan 62-sonli transformator punktida mukammal taʼmirlaş işlari olib borilib, 100 dan ziyod aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obʼektlarining elektr energiyasi taʼminoti yaxşilandi.


Şuningdek, Izboskan tumani, “Gurkirov” mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan quvvati 250 kVA bölgan 158-sonli transformator punktida ham mukammal taʼmirlaş işlari olib borilib, 100 ga yaqin aholi xonadonlari, 3 ta ijtimoiy soha obʼektining elektr energiyasi taʼminoti yanada yaxşilandi.
Andijon tumanidagi “Obi hayot” mahalla fuqarolar yiğini hududida istiqomat qiluvçi 5,5 ming nafardan ortiq aholining elektr energiyasi bilan taʼminlovçi tarmoqlarda ham taʼmirlaş işlari amalga oşirildi. Xususan, “Taşkelik” podstansiyasidan çiquvçi 10 kVA kuçlanişli “Tolmozor”, “Kötaruvçi”, “Kuçli”, “MTZ” va “Baraka” elektr uzatiş tarmoqlaridagi temir tayançlar korroziyaga qarşi himoyalanib, gidroizolyatsiya işlari bajarildi. Şuningdek, şikastlangan izolyatorlar almaştirildi, uzatiş tarmoqlari daraxt şoxlaridan tozalandi.

Filial tomonidan kuz-qiş mavsumini betalafot ötkaziş, turli nosozliklar yuzaga kelgan taqdirda ularni zudlik bilan bartaraf etiş maqsadida zarur jihoz va materiallar zaxirasi yaratildi. Xususan, markaziy ombor hamda har bir tuman va şaharda har xil quvvatdagi transformatorlar, transformator moyi, oçiq sim, kabel, temir-beton ustunlar, izolyatorlar, avtomat singari boşqa zarur jihozlar zaxira sifatida olib qöyildi.
Viloyat böyiça yuzaga keladigan avariya holatlarini tezkor bartaraf etiş maqsadida taʼmirlaş brigadalari taşkil etilib, uşbu brigadalarga tajribali muhandis va texnik xodimlar hamda zarur texnika vositasi biriktirildi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri