Kasaba uyuşmalari faoliyatiga eʼtirof
11-noyabr — Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan Qibray tumanida "Yangi Özbekiston — yangi kasaba uyuşmalari" şiori ostida viloyat bayram tadbiri bölib ötdi.
Unda Toşkent viloyati kasaba uyuşmalari tizimi vakillari, mehnat faxriylari, turli tarmoq va taşkilotlarning kasaba uyuşmalari faollari iştirok etdi. Tadbirda sözga çiqqan Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev soha xodimlari, faollari va faxriylarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.
Viloyat hokimi öz nutqida kasaba uyuşmalarining jamiyat hayotidagi örniga alohida töxtalib, mehnatkaşlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ularning ijtimoiy-iqtisodiy şaroitlarini yaxşilaş, aholi bandligini taʼminlaş hamda mehnat jamoalarida soğlom muhitni şakllantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar xususida söz yuritdi.

Taʼkidlanganidek, bugungi kunda Toşkent viloyati kasaba uyuşmalari tizimi 650 ming nafardan ziyod aʼzoni birlaştirgan. 6 mingdan ortiq jamoa şartnomalari orqali xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlari himoya qilinmoqda.
Joriy yilning ötgan 10 oyida hamkor taşkilotlar bilan birgalikda 10 ming 523 nafar fuqaroning işga joylaşişi taʼminlangan. Ijtimoiy himoyaga muhtoj 15 ming nafardan ziyod fuqaroga 5 milliard 172 million sömdan ortiq moddiy yordam körsatilgan. Şuningdek, yoşlarning oliy taʼlim olişi, yoş oilalar va işçi-xodimlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qator taşabbuslar amalga oşirilgan.

Mehnat huquqlarini taʼminlaş va jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş borasidagi işlar ham eʼtibordan çetda qolmadi. Xususan, korxona va taşkilotlarda ötkazilgan jamoatçilik nazorati natijasida 47 ming 212 nafar şaxsning huquqlari tiklanib, xodimlar foydasiga 7 milliard 147 million söm mablağ undirilişiga erişilgan.
Tadbir davomida kasaba uyuşmalari tizimida samarali faoliyat yuritib, mehnatkaşlarning huquq va manfaatlarini himoya qilişga munosib hissa qöşib kelayotgan bir guruh faollarga taşakkurnomalar va esdalik sovğalari topşirildi.

Şuningdek, mamlakatimizda davlatimiz rahbari boşçiligida amalga oşirilayotgan islohotlar jarayonidagi faolligi uçun Toşkent viloyati hokimi Z.Mirzayev Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasining “Ehtirom” nişoni bilan taqdirlandi. Mukofotni Federatsiya raisining birinçi örinbosari B.Mahmadaliyev tantanali ravişda topşirdi.
Bayram tadbirida kasaba uyuşmalarining jamiyat hayotidagi örni va ahamiyati aks ettirilgan videorolik namoyiş etildi. Mavzuga bağişlangan badiiy-musiqiy kompozitsiya, sanʼat ustalari va yoş ijroçilarning çiqişlari iştirokçilarga bayramona kayfiyat ulaşdi.
A.Musayev,ÖzA