Jo‘rabek Muxtorov: Kasbim matonat va fidoyilik talab qiladi (+video)
"Sharaf" loyihasining 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tashkil etilganligining 35 yilligiga bag‘ishlangan soni qahramoni - IIV Malaka oshirish instituti, yuridik fanlar kafedrasi professori, polkovnik Jo‘rabek Muxtorov.
Muxtorov Jo‘rabek Sayidqulovich — O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti, yuridik fanlar kafedrasi professori, yuridik fanlari nomzodi, polkovnik.
Ish faoliyatini 2003-yilda IIV Akademiyasida o‘qituvchi lavozimidan boshlagan Jo‘rabek Muxtorov turli rahbar lavozimlarida ishlab kelgan. Ayni kunlarda IIV Malaka oshirish instituti, yuridik fanlar kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi ko‘krak nishoni, 2-darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.
M.Turdaliyeva, Yo.Meliboyev,
U.To‘xtayev O‘zA