Abdijabbor Abjalov: Kasbimdan faxrlanaman! (+video)
"Sharaf" loyihasining 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tashkil etilganligining 35 yilligiga bag‘ishlangan soni qahramoni - IIV Malaka oshirish instituti, maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi professori, polkovnik Abdijabbor Abjalov.
Abjalov Abdijabbor Maxammadiyevich — O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi professori, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (Phd), polkovnik.
Sohaga bo‘lgan qiziqish uni IIV Akademiyasiga yetakladi. IIV Akademiyasida 2005-yildan “serjant” unvonida xizmatni boshlab, 2021-yilga qadar turli lavozimlarda xizmat qilib kelmoqda. Ayni kunlarda esa IIV malaka oshirish instituti MKF kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.
Faoliyati davomida “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 30 yilligi” esdalik nishoni; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “A’lo xizmatlar uchun” ko‘krak nishoni; II va III darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.
M.Турдалиеva, Yo.Mелибоев,
A.Ahmedov.O‘zA