“Jasorat maktabi”ga nomzodlar jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan o‘tmoqda
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyatida “Jasorat maktabi”ga qabulning ikkinchi bosqichi – jismoniy tayyorgarlik sinovlari tashkil etilmoqda. Unda nomzodlarning jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, chidamliligi va umumiy salohiyati belgilangan mezonlar asosida baholanmoqda.
Sinovlar davomida har bir ishtirokchi 5 turdagi jismoniy mashqni bajaradi. Natijalar 50 ballik baholash tizimi asosida aniqlanib, nomzodlarning belgilangan normativlarni bajarish darajasi hisobga olinadi.
[gallery-30733]
Joriy yilda viloyatdagi umumta’lim maktablarining 4-sinfini tamomlagan 1 ming 128 nafar o‘quvchi “Jasorat maktabi”ga qabul qilish bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirgan.
Buxoro viloyatining barcha 13 ta tuman va shahrida faoliyat yuritayotgan “Jasorat maktabi”larga har bir hudud bo‘yicha 26 nafardan munosib nomzod qabul qilinishi rejalashtirilgan. Saralash jarayonlari belgilangan tartib asosida davom etmoqda.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA