Iste’molchi huquqi: Bozorda kim haq — sotuvchimi yo xaridor? (+video)
«Qo‘l bilan ushlamang!», «Ochmang!», «Olmasangiz tegmang!» — ayrim bozorlarda xaridorlarga sotuvchi tomonidan xaridorga mana shunday xitob qilinayotganini ko‘rish mumkin. Achinarlisi, xaridor uyga borib yelim paketni ochsa, ichida sifatsiz yoki iste’molga yaroqsiz mahsulotni ko‘radi... Vaholanki, qonun bozorda xaridorning mahsulotni olishdan avval u haqida axborot olish va tanlash huquqini kafolatlaydi...
Xo‘sh, bu holatlarda kim haq — sotuvchimi yoki xaridor?
«Tadbirkorning huquqi qonun bilan himoya qilinadi» degan gap iste’molchining huquqidan ustunmi?
Bugun bozorlarda xaridor nimani talab qilishga haqli, sotuvchi nimani qilishga majbur va iste’molchilik huquqi buzilsa, kimga murojaat qilish kerak — shu savollarga mutaxassis bilan javob izlaymiz.
Mohichehra Eshmirzayeva, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA