Ispaniya va Portugaliya 2030-yilgi JCH mezbonligidan voz kechishi mumkin
Biroq bu masalada Marokashning pozitsiyasi boshqacha bo‘lishi mumkin.
Ispaniya va Portugaliya FIFA jahon chempionati huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotsa, 2030-yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilishdan voz kechishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, 2030-yilgi jahon chempionatiga Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qiladi. Turnirning ochilish uchrashuvlari esa Argentina, Urugvay va Paragvayda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Manbaga ko‘ra, Ispaniya va Portugaliya UEFA pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda. Avvalroq UEFA FIFA musobaqalari huquqlari xususiy investorlarga sotilsa, tashkilot shafeligidagi turnirlarni boykot qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.
Biroq bu masalada Marokashning pozitsiyasi boshqacha bo‘lishi mumkin. Chunki Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) FIFA tashabbusiga nisbatan ancha ehtiyotkor va keskin bo‘lmagan munosabat bildirgan.
Qayd etilishicha, Ispaniya va Portugaliya bilan Marokash o‘rtasidagi ushbu qarashlar tafovuti 2030-yilgi jahon chempionati loyihasi bo‘yicha hamkorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.