Iordaniyaga mayiz mahsulotlari eksporti yölga qöyiladi
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi raisi örinbosari Xurşid Rahmatullayev Iordaniyaning “Al-Diaa Roastery for Coffeye” kompaniyasi vakillari bilan uçraşdi.
Muloqotda Özbekistonda yetiştirilgan quritilgan meva va yonğoq mahsulotlarini Iordaniya bozoriga eksport qiliş, mahalliy işlab çiqaruvçilar bilan töğridan-töğri savdo aloqalarini örnatiş hamda uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Qayd etiş lozimki, “Al-Diaa Roastery for Coffeye” kompaniyasi 1997yilda taşkil etilgan bölib, qahva, yonğoq, ziravorlar, dukkakli va quritilgan meva mahsulotlarini qayta işlaş, qovuriş hamda qadoqlaşga ixtisoslaşgan. Kompaniya 14 ta savdo dökonidan iborat tarmoqqa ega.
Xorijlik mutaxassislarga mamlakatimizdagi işlab çiqariş va qadoqlaş majmualari faoliyati, mahsulotlarni qabul qiliş, saralaş, qayta işlaş, qadoqlaş hamda isteʼmolçilarga yetkazib beriş jarayonlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Uçraşuv sönggida “Al-Diaa Roastery for Coffeye” kompaniyasi hamda Özbekistonning “Sunfest Impex Grup” korxonasi örtasida mayiz mahsulotlari eksportini yölga qöyiş böyiça kelişuvga erişildi.

Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA