Harbiy jamoalardagi yoşlar faolligi tahlil qilindi
Yoşlar bilan işlaşda erişilgan natijalar, mavjud muammolar va kelgusi ustuvor vazifalar muhokama qilinib, boşlanğiç taşkilotlar faoliyatini yanada takomillaştiriş böyiça aniq vazifalar belgilab olindi.
Özbekiston yoşlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengaşi taşabbusi bilan Guliston davlat universitetining Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari tarkibidagi kuç tuzilmalarining harbiy qism va muassasalarida faoliyat yuritayotgan boşlanğiç taşkilot yetakçilari hamda yönaliş sardorlari iştirokida kengaytirilgan sarhisob yiğilişi bölib ötdi.
Unda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida amalga oşirilgan işlar tahlil qilinib, yoşlar bilan işlaş tizimining samaradorligi, boşlanğiç taşkilotlar faoliyati, erişilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor yönalişlar atrofliça muhokama qilindi.
[gallery-32664]
Bugungi kunda harbiy sohada xizmat qilayotgan yoşlarning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, ijtimoiy faolligini oşiriş, huquqiy bilimlarini mustahkamlaş va vatanparvarlik tuyğularini şakllantiriş muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu borada kuç tuzilmalari hamda Özbekiston yoşlar ittifoqi örtasidagi hamkorlik yoşlar siyosati samaradorligini taʼminlaşda alohida örin tutadi.
Yiğilişda boşlanğiç taşkilotlarning hisobot davridagi faoliyati tanqidiy-tahliliy nuqtai nazardan körib çiqildi. Jumladan, maʼnaviy-maʼrifiy va vatanparvarlik tadbirlari, huquqiy tarğibot işlari, sport musobaqalari, intellektual bellaşuvlar, yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş hamda ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilgan işlarga baho berildi.
Şuningdek, har bir yoş bilan individual işlaş, ularning muammo va takliflarini örganiş, iqtidorli va taşabbuskor yoşlarni aniqlaş, boşlanğiç taşkilot yetakçilarining masʼuliyatini oşiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Özbekiston yoşlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengaşi harbiy bölimi boşliği Furqatjon Azimovning taʼkidlaşiça, bunday sarhisob uçraşuvlari faqat ötgan davr natijalarini muhokama qiliş bilan çeklanmay, faoliyatdagi kamçiliklarni aniqlaş, ilğor tajribalarni ommalaştiriş va kelgusi işlarni aniq rejalar asosida taşkil etiş imkonini beradi.
— Bugungi yiğilişimizning asosiy maqsadi harbiy qism va muassasalarda yoşlar bilan işlaş yönalişida töqqiz oy davomida amalga oşirilgan faoliyatni sarhisob qiliş, erişilgan natijalarni tahlil etiş va oldimizda turgan vazifalarni belgilab olişdan iborat. Ayniqsa, boşlanğiç taşkilot yetakçilarining özaro tajriba almaşişi, samarali taşabbuslarni ommalaştirişi va öz faoliyatiga tanqidiy yondaşişi muhim ahamiyatga ega.
Kelgusida ham yoş harbiy xizmatçilarning huquqiy bilimi, intellektual salohiyati va vatanparvarlik tuyğularini yuksaltirişga qaratilgan işlarni izçil davom ettiramiz. Har bir yoş bilan manzilli işlaş, ularning qiziqiş va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, sport va intellektual musobaqalar, zamonaviy texnologiyalarga oid loyihalar qamrovini kengaytiriş ustuvor vazifalarimizdan böladi.
Eng muhimi, kuç tuzilmalari rahbariyati va boşlanğiç taşkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlab, yoşlar bilan işlaşda natijadorlikka yönaltirilgan yangi yondaşuvlarni joriy etişni maqsad qilganmiz. Zero, har bir yoşning taşabbusi va salohiyatini qöllab-quvvatlaş orqali harbiy jamoalarda faol, bilimli, masʼuliyatli va Vatanga sadoqatli yoşlar safini kengaytiriş mumkin, — deydi Furqatjon Azimov.
Sirdaryo viloyati Yoşlar ittifoqi Kengaşi tomonidan kuç tuzilmalari bilan hamkorlikda yoş harbiy xizmatçilar va xodimlarning bilim va dunyoqaraşini kengaytiriş, ijtimoiy faolligini oşiriş, böş vaqtini mazmunli taşkil etiş hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlaşga qaratilgan qator taşabbuslar amalga oşirilmoqda.
Jumladan, harbiy qism va muassasalarda maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuvlar, huquqiy tarğibot va profilaktik tadbirlar, sport musobaqalari, intellektual bellaşuvlar, zamonaviy kasblar va axborot texnologiyalariga oid loyihalar taşkil etilmoqda. Bunda yoşlarning faqat tadbirlarda iştirokini taʼminlaş emas, balki ularning şaxsiy taşabbuslarini rağbatlantiriş, iqtidorini namoyon etişi va jamoat hayotida faol iştirok etişi uçun imkoniyat yaratişga ham ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Yiğiliş yakunida yil oxiriga qadar amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar belgilab olindi. Xususan, boşlanğiç taşkilotlar faoliyatini takomillaştiriş, yoş harbiy xizmatçilarning taklif va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy va huquqiy tarğibot işlarini kuçaytiriş, kibermadaniyat va zamonaviy axborot texnologiyalariga oid loyihalarni kengaytiriş, sport hamda intellektual musobaqalar orqali yoşlar faolligini oşiriş kabi yönalişlar ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.
Şuningdek, kuç tuzilmalari va Yoşlar ittifoqi örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş, boşlanğiç taşkilot yetakçilarining masʼuliyati va taşabbuskorligini oşiriş, joylarda amalga oşirilayotgan işlar natijadorligini muntazam örganib borişga kelişib olindi.
Tadbir doirasida yoşlar bilan işlaşda faolligi, taşabbuskorligi va fidoyiligi bilan ajralib turgan boşlanğiç taşkilot yetakçilari Özbekiston yoşlar ittifoqining esdalik sovğalari hamda taşakkurnomalari bilan taqdirlandi.
Mazkur sarhisob yiğilişi harbiy qism va muassasalarda yoşlar bilan işlaş tizimini yanada takomillaştiriş, hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş va kelgusi faoliyatni aniq vazifalar asosida taşkil etişga qaratilgan muhim amaliy muloqot böldi.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (suratlar) ÖzA muxbirlari