Fuqarolar murojaatlari ijrosi nazoratga olindi
Prezidentning Sirdaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasida viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Qodirovning fuqarolar bilan navbatdagi şaxsiy qabuli bölib ötdi.
Unda 137 nafar fuqaroning 150 ga yaqin murojaat va takliflari körib çiqildi. Murojaatlarda tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş uçun yer ajratiş, imtiyozli kredit va subsidiyalar oliş, qurilişdagi kamçiliklarni bartaraf etiş, kadastr, bandlik hamda uy-joy masalalari kötarildi.

Şuningdek, ijtimoiy yordam va bolalar nafaqasini tayinlaş, davolaniş, aliment undiriş, kredit va soliq qarzdorligi, içimlik suvi, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz taʼminoti bilan boğliq muammolar yuzasidan ham murojaatlar bildirildi.

Qabul jarayonida murojaatlarning aksariyati böyiça şu joyning özida tegişli yeçimlar taklif etildi. Qöşimça örganiş va muayyan muddat talab qiladigan masalalar yuzasidan masʼul taşkilotlar rahbarlariga aniq topşiriqlar berildi.

Har bir murojaatning mazmun-mohiyatidan kelib çiqib, muammolarni hal etiş çoralarini köriş, belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş va natijasi böyiça fuqarolarga maʼlumot beriş masʼullarga yuklatildi. Topşiriqlar ijrosi nazoratga olindi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri