Inson huquqlarini himoya qiliş sohasida hamkorlik: MDH komissiyasining navbatdagi yiğilişi ötkazildi
Minsk şahrida Mustaqil davlatlar hamdöstligi (MDH) Inson huquqlari komissiyasining yettinçi yiğilişi bölib ötdi.
Unda Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) Feruza Eşmatova onlayn iştirok etib, mehnat migrantlari va ular oila aʼzolarining huquq va erkinliklarini himoya qiliş kafolatlari sohasida hamkorlikni mustahkamlaş masalasida maʼruza qildi.
MDH Ijroiya qömitasida ötkazilgan yiğilişda Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston va Özbekiston vakillari iştirok etdi.
Kun tartibiga kiritilgan 16 ta masala doirasida inson huquq va erkinliklarini himoya qiliş sohasidagi hamkorlik, xalqaro standartlarni amalga oşiriş va ilğor tajribalarni örganiş masalalari muhokama qilindi.

Xususan, insonning soğliqni saqlaş huquqini taʼminlaş, penitensiar tizimda xotin-qizlar huquqlarini himoya qiliş, nogironligi bölgan şaxslar hamda keksa yoşdagi insonlarning huquqlarini taʼminlaş masalalari körib çiqildi.
Ombudsman Feruza Eşmatova öz maʼruzasida mehnat migrantlarining huquqlarini migratsiya jarayonining barça bosqiçlarida, şuningdek, ularning oila aʼzolari, ayniqsa, bolalar manfaatlarini inobatga olgan holda himoya qiliş muhimligini taʼkidladi.
Özbekiston va Rossiya Ombudsmanlari örtasidagi hamkorlik, fuqarolar murojaatlarini birgalikda körib çiqiş, monitoring tadbirlarini ötkaziş va mehnat migrantlarining huquqiy xabardorligini oşiriş borasidagi tajriba qayd etildi.

Bundan taşqari, MDHga aʼzo davlatlar örtasida mehnat migrantlari huquqlarini himoya qiliş böyiça hamkorlikni kuçaytiriş, murojaatlar yuzasidan axborot almaşiş, migrantlar oilasi va farzandlari huquqlariga eʼtibor qaratiş hamda odam savdosi va majburiy mehnatdan jabrlangan şaxslarni himoya qiliş böyiça takliflar ilgari surildi.
Yiğilişda, şuningdek, nogironligi bölgan şaxslar huquqlarini taʼminlaş böyiça MDH davlatlari tajribasi yuzasidan şarhlar körib çiqildi. Komissiyaning 2027-yildagi raisligi Qozoğiston Respublikasiga topşirildi.
Mazkur yiğiliş mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari huquqlarini himoya qiliş sohasida davlatlararo hamkorlikni yanada rivojlantiriş, milliy inson huquqlari institutlari örtasida tajriba almaşiş va amaliy mexanizmlarni takomillaştirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
N.Abduraimova,
ÖzA