Milliy hunarmandçilik körgazmasi: eksport va turizmga yangi ufqlar
Asrlar davomida özbek xalqining boy maʼnaviy merosi va nafis sanʼatini özida mujassam etib kelayotgan milliy hunarmandçilik bugungi kunda nafaqat tarixiy qadriyat, balki turizm sohasining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Ana şunday noyob ijod namunalarini keng jamoatçilikka tanitiş va xalqaro maydonda tarğib etiş maqsadida Toşkent şahridagi «CAEx» (Central Asian Expo Uzbekistan) körgazmalar majmuasida «Ipak yölida turizm» Toşkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida «Craft Fair — 2026» xalqaro hunarmandçilik körgazma-yarmarkasi bölib ötdi.
Respublika «Hunarmand» uyuşmasi hamkorligida taşkil etilgan mazkur körgazmada Özbekistonning turli hududlari hamda xorijiy mamlakatlardan taşrif buyurgan hunarmandlarning milliy hunarmandçilik namunalari, noyob ijodiy işlari namoyiş etildi.
[gallery-32750]
Xususan, körgazma mehmonlari va sayyohlar kulolçilik, zargarlik, kaştaçilik, yoğoç öymakorligi, atlas va adras töqiş kabi yönalişlardagi betakror mahsulotlar bilan yaqindan tanişib, ustalar bilan bevosita muloqot qildi.
Jumladan, yarmarkada Eron Islom Respublikasi Madaniy meros, turizm va hunarmandçilik vaziri Seyed Reza Salehi Amiri taşrif buyurdi. Mehmon pavilonlarda namoyiş etilayotgan özbek milliy hunarmandçiligi durdonalari va ustalarning mahorati bilan yaqindan tanişdi.
Ayniqsa mehmonlarga, Andijondan taşrif buyurgan mohir piçoqçi usta Muzaffar Umarovning betakror ijod namunalari, qadimiy uslubda, yuksak did va nozik mehnat bilan işlangan piçoqlari katta qiziqiş uyğotdi. Özbek zargarlik sanʼatining yorqin vakili, taniqli usta Tohir Muhammedovning nafis va betakror zargarlik buyumlari kolleksiyasi esa ularda özgaça taassurot qoldirdi.
Şuningdek, tadbir davomida mahalliy va xorijlik ustalar iştirokida mahorat darslari taşkil etildi. Мазкур tadbir nafaqat mahalliy ustalar uçun yangi eksport ufqlarini va xalqaro hamkorlik eşiklarini oçdi, balki mamlakatimizning turizm jozibadorligini yanada oşiriş, noyob madaniy merosimizni kelajak avlodga bezavol yetkazişga xizmat qildi. Şubhasiz, bunday nufuzli xalqaro körgazmalarning muntazam taşkil etilişi milliy hunarmandçilik maktablarining yanada ravnaq topişi va jahon bozorida öz munosib örnini mustahkamlaşida mustahkam poydevor böladi.
Gulnoza Boboyeva,
Otabek Mirsoatov (surat),
ÖzA