Ayol qadri, mehnat va taşabbuslari eʼtirof etildi
Jamiyat taraqqiyoti, oila farovonligi va yoş avlod kamoloti yölida fidoyilik körsatayotgan xotin-qizlarning mehnati, taşabbusi va hayotiy tajribasini eʼtirof etiş ularning ijtimoiy faolligini yanada oşirişda muhim ahamiyatga ega. Şirin şahrida ötkazilgan «Yil ayoli» milliy tanlovining şahar bosqiçi ham ana şunday faol va taşabbuskor ayollarning yutuqlarini namoyon etiş, ularning ibratli faoliyatini keng jamoatçilikka yetkazişga xizmat qildi.
Tanlovda taʼlim, işlab çiqariş, ijtimoiy soha va boşqa yönalişlarda samarali mehnat qilayotgan, kasbiga sadoqati, faol hayotiy pozitsiyasi va jamoat işlaridagi iştiroki bilan atrofdagilarga örnak bölayotgan xotin-qizlar qatnaşdi. Ular belgilangan 11 ta nominatsiya böyiça öz faoliyati, amalga oşirgan xayrli işlari, erişgan natijalari va istiqboldagi rejalari haqida hakamlar hayʼatiga maʼlumot berdilar.Taqdimotlarda ayollarning nafaqat öz kasbida muvaffaqiyat qozonişi, balki oiladagi masʼuliyati, farzandlar tarbiyasi, mahalla va jamiyat hayotidagi faol iştiroki ham öz ifodasini topdi. Ayniqsa, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, taʼlim-tarbiya sifatini oşiriş, kasbiy mahoratni namoyon etiş va oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylaş borasidagi taşabbuslar eʼtiborga molik böldi.


Tanlov natijalariga köra, «Öz kasbining ustasi bölgan yil ayoli» nominatsiyasida Sirdaryo IES filiali çilangar ayoli Marhabo Mirjumayeva ğolib deb topildi. «Yilning eng jonkuyar ustozi» nominatsiyasida 2-umumiy örta taʼlim maktabining ona tili va adabiyoti öqituvçisi Mahliyo Asqarova, «Yilning eng faol soğlom turmuş tarzi tarğibotçisi» nominatsiyasida Manzura Ibrohimova, «Yilning eng yaxşi uy bekasi» nominatsiyasida esa Fotima Dovurboyeva ğoliblikni qölga kiritdi.
Ğoliblar tanlovning viloyat bosqiçida Şirin şahri şarafini himoya qiladi.


Ğulom Primov, ÖzA muxbiri