Mahalla — jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmaçisi
Özbekistonda mahallalarning jamiyat hayotidagi örni tubdan özgarmoqda. Endi ular mahalliy byudjetlar va infratuzilma loyihalarini şakllantirişda hal qiluvçi sözga ega.
Prezidentimiz 2026-yil iyul oyida Bekobod şahriga taşrifi çoğida «Xos yoz» kanali böyi va Döstlik mahallasida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari bilan tanişdi. Bir paytlar qarovsiz va tartibsiz holatda bölgan kanal böyida hududni kompleks rivojlantiriş böyiça master-reja asosida 3 kilometrlik piyodalar yölagi va 5,4 kilometrlik mustahkam tösiqlar barpo etildi, ikkita köprik qurildi. Sohil böyida 27 ta yangi savdo va xizmat körsatiş obʼekti taşkil etilib, 167 ta doimiy iş örni yaratildi. Döstlik mahallasida joriy yilda tadbirkorlar tomonidan 1,1 milliard söm investitsiya kiritilib, 25 ta yangi iş örni oçildi. «Taşabbusli byudjet» mablağlari hisobidan Bekobod şahri muzeyi taşkil etildi.
Uşbu misolda mahalla buyurtmasi tizimining mohiyati yaqqol namoyon böladi. Hudud master-reja asosida rivojlantiriladi, tadbirkorlar sarmoyasi va aholi taşabbusi yagona maqsadga yönaltiriladi, erişilgan natija esa, avvalo, yaratilgan iş örinlari va aholi farovonligi bilan baholanadi. Endi mazkur yondaşuv umumdavlat siyosati darajasiga kötarilmoqda.

Nutqdan farmongaça
Prezidentimiz 2026-yil 28-avgustda davlat mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan tantanali marosimda inson qadrini yuksaltirişga qaratilgan yettita milliy dasturni eʼlon qildi. Oltinçi dasturning zaruratini asoslar ekan, davlatimiz rahbari: «Odamlarimizning kayfiyati, oilalarning farovonligi, yoşlarning orzu-istagi, tadbirkorlarning taşabbuskorligi, eng avvalo, mahallada namoyon böladi», deya taʼkidladi.
Şundan kelib çiqib, davlat dasturlarini işlab çiqişga bölgan yondaşuvni tubdan özgartiriş, tuman byudjeti, investitsiya dasturi va infratuzilma loyihalarini mahalla buyurtmasi asosida şakllantiriş vazifasi belgilandi. Bunda fuqarolar ehtiyoji va mahalla farovonligi «eng asosiy mezon sifatida belgilanadi».
Oradan ikki yarim oy ötib, 10-noyabrda «Inson qadrini yuksaltirişga qaratilgan milliy dasturlarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-242-son Farmon qabul qilindi. Uşbu hujjat bilan 2027–2031-yillarga möljallangan yettita strategik milliy dastur va ularning maqsadli körsatkiçlari tasdiqlandi.
Oltinçi milliy dastur özaro uzviy boğliq uçta muhim vazifani qamrab oladi. Birinçidan, davlat dasturlari mahallalarning talab va ehtiyojlaridan kelib çiqib şakllantiriladi. Ikkinçidan, tuman (şahar) byudjeti, investitsiya dasturlari va infratuzilma loyihalari mahalla buyurtmasi asosida işlab çiqiladi. Uçinçidan, mahalla buyurtmalari böyiça 30 kun muddatda asoslantirilgan qaror qabul qiliş tartibi joriy etiladi.
Bu vazifalarning moliyaviy poydevori esa undan oldinroq yaratilgan edi. Prezidentimizning 2025-yil 26-dekabrdagi Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga Murojaatnomasida mahallalar infratuzilmasini rivojlantiriş uçun hududlarga ilk bor 20 trillion söm ajratilişi eʼlon qilindi.
Mazkur vazifa «Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş» yilida qabul qilingan 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son farmonda ham mustahkamlandi. Hujjatda mahallalarda 10 mingdan ziyod işlab çiqariş va xizmat körsatiş loyihasini işga tuşiriş orqali qöşimça 100 mingta yangi iş örni yaratiş vazifasi belgilangan. Bunday loyihalarni kreditlaş uçun 5 trillion söm resurs nazarda tutilgan.
Farmonga ilova qilingan «Mahalla infratuzilmasini yanada takomillaştiriş va ularga Yangi Özbekiston qiyofasini olib kiriş böyiça ustuvor islohotlar dasturi» esa mablağlarning sarflaniş yönalişlarini belgilab beradi. Uşbu vazifalar PF-21-son Farmon bilan yangilangan «Özbekiston — 2030» strategiyasining «Barqaror iqtisodiy ösiş orqali aholi farovonligini taʼminlaş» yönalişiga xizmat qiladi.
Mahallalar uçun alohida moliyaviy manbalar ham şakllantirilmoqda. 2026-yil 24-iyundagi PF-116-son farmonga muvofiq, Özbekiston mahallalari uyuşmasining mahallalar faoliyatini rağbatlantiriş jamğarmasiga har yili respublika byudjetidan 200 milliard söm ajratiladi.
Şuningdek, 2027-yil 1-yanvardan boşlab jismoniy şaxslar tomonidan tölanadigan mol-mulk va yer soliği tuşumlarining 15 foizi (noturar obʼektlar bundan mustasno) mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etiş jamğarmasiga yönaltiriladi. Prezidentimiz maʼlumotiga köra, mahalladagi noturar obʼektlardan tuşadigan yer va mol-mulk soliğining 5 foizi ham mahalla ixtiyorida qoldirilib, natijada ular tasarrufida yiliga 400 milliard söm mablağ şakllanadi.
Buyurtmaning huquqiy tabiati
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari vakolatlarini aniq ajratib beradi.
Konstitutsiyaning 122-moddasiga köra, tegişli mahalliy byudjetlarni körib çiqiş va qabul qiliş, ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oşiriş xalq deputatlari Kengaşlari vakolatiga kiradi. 123-modda mahalliy byudjetni şakllantiriş va ijro etiş vazifasini hokim zimmasiga yuklaydi. 127-moddaga muvofiq, fuqarolar yiğinlari özini özi boşqariş organlari hisoblanadi, davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Davlat esa ularning faoliyati uçun zarur şart-şaroitlar yaratadi.
Mahalla buyurtmasi ana şu uç subʼekt örtasidagi özaro munosabatlarning yangi şaklini ifodalaydi. Fuqarolar yiğini byudjetni tuzmaydi va tasdiqlamaydi. U hokimlikka tuman byudjeti qaysi ehtiyojlarga xizmat qilişi lozimligini asoslab beradi. Xalq deputatlari Kengaşi esa hokimlik mazkur ehtiyojlarni qay darajada inobatga olganini nazorat qiladi.
PF-242-son Farmon mazmunidan kelib çiqib aytiş mumkinki, mahalla buyurtmasining huquqiy ahamiyati, eng avvalo, unga javob beriş majburiyatida namoyon böladi. Vakolatli organ buyurtmani qabul qilişi, uni aniq muddat va moliyalaştiriş manbaini körsatgan holda keyingi davrga qoldirişi yoki asosli sabablarga köra rad etişi mumkin. Biroq uni javobsiz qoldirişga haqli emas. Farmonda belgilangan 30 kunlik muddat va asoslantirilgan qaror qabul qiliş talabi aynan şu tamoyilni ifodalaydi.
Bu yondaşuvning huquqiy asoslari 2021-yilga borib taqaladi. Xususan, 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-son qaror bilan tuman va şahar byudjetlari qöşimça mablağlarining kamida 30 foizini jamoatçilik fikri asosida şakllantirilgan tadbirlarga yönaltiriş tartibi joriy etilgan edi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlumotlariga köra, 2021-yildan buyon «Taşabbusli byudjet» jarayoni doirasida 24 mingdan ortiq loyiha ğolib deb topilib, ularni amalga oşiriş uçun 26 trillion sömdan ziyod mablağ yönaltirilgan. 2026-yilning özida 4 800 dan ortiq ğolib loyihaga davlat byudjetidan 6,5 trillion söm ajratilgan.
Biroq «Taşabbusli byudjet»da mahalliy byudjetning faqat muayyan qismi ovoz beriş orqali taqsimlanadi. Mahalla buyurtmasi esa tuman byudjeti, investitsiya dasturi va infratuzilma loyihalarini şakllantiriş bosqiçining özida iştirok etiş imkonini beradi. Bunda hal qiluvçi omil ovozlar soni emas, balki hisob-kitoblar bilan asoslangan real ehtiyoj hisoblanadi.
Mexanizmning taşkiliy asoslari ham bosqiçma-bosqiç şakllantirilmoqda. PF-116-son Farmonga muvofiq, «Raqamli mahalla» elektron platformasida vazirlik va idoralarning axborot tizimlari integratsiya qilinadi. Mahallalar infratuzilma, tadbirkorlik, kambağallik, işsizlik, jinoyatçilik, notinç oilalar va aholi murojaatlari körsatkiçlari asosida «qizil», «sariq» va «yaşil» toifalarga ajratiladi.
Prezidentimiz raisligida 2026-yil 16-iyulda ötkazilgan yiğilişda har bir mahalla raisi öz hududining iqtisodiy va ijtimoiy buyurtmasini şakllantirişi, bunda muammolar aniq hisob-kitob qilinib, loyihalar tayyorlanişi hamda masʼul taşkilotlarga tegişli vazifalar yuklatilişi belgilab berildi.
Hozirça bu tartib asosan Prezident farmonlari bilan tartibga solinmoqda. Uni barqaror huquqiy mexanizmga aylantiriş uçun Byudjet kodeksi va «Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari töğrisida»gi qonunda mahalla buyurtmasi tuşunçasi, uni maʼqullaş tartibi va muddatlari, buyurtmaning byudjet taqvimidagi örni, asoslantirilgan qarorning majburiy mazmuni va uni eʼlon qiliş tartibi, rad etilgan buyurtma yuzasidan Kengaşga murojaat qiliş huquqini belgilaş maqsadga muvofiq.
Bunda buyurtmani mahalla raisi tayyorlaşi, fuqarolar yiğini esa uni maʼqullaşi maqbul yondaşuv böladi. Çunki Konstitutsiyaning 127-moddasida özini özi boşqariş organi sifatida aynan fuqarolar yiğini belgilangan.
Yuqoridan rejalaştirişdan quyidan buyurtma şakllantirişga
Yaqin ötmişda hududiy infratuzilma dasturlari asosan yuqoridan şakllantirilar edi. Masalan, 2018-yilda boşlangan «Obod mahalla» dasturi doirasida mablağlar Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari huzuridagi jamğarmalar orqali taqsimlangan.
Bugun esa hududlarni rivojlantirişga bölgan yondaşuv özgarmoqda. Prezidentimiz mahalla raisining vazifasini belgilar ekan, «Mahalla raisi ijtimoiy muammolarni qayd etuvçi şaxsdan öz hududining “iqtisodiy buyurtmaçi”ga aylanişi kerak», deb taʼkidladi.
Moliyaviy manbalarning kengayişi ham uşbu jarayonning muhim jihatidir. Davlatimiz rahbari maʼlumotiga köra, hokim va mahalla raislarining vakolatlari kengayişi natijasida tumanlarda örtaça 22 milliard sömdan qöşimça mablağ qoldi, mahalla byudjetiga esa örtaça 150–200 million söm tuşdi. Mahallalar byudjetlariga tuşumlar joriy yilda 1 trillion 600 milliard sömga, kelgusi yildan esa 2 trillion sömga yetişi kutilmoqda.
Murojaatnomada eʼlon qilinganidek, 2026-yil 1-yanvardan qöşilgan qiymat soliği tuşumlarining Toşkent şahrida 5 foizi, boşqa hududlarda esa 20 foizi joylarda qoldirilib, ularning yarmi tuman byudjetlariga ötkazilmoqda. Natijada tumanlar byudjetida yiliga 5 trillion sömlik qöşimça manba şakllanadi.
2026-yil 23-yanvardagi videoselektor yiğilişida 20 trillion sömning 12 trillionini «oğir» tuman va mahallalarga yönaltiriş, asosiy eʼtiborni 70 ta tuman va 1 mingga yaqin «oğir» mahallaga qaratiş belgilandi. Joriy yilda infratuzilma uçun har bir tumanga örtaça 250 milliard söm, har bir mahallaga esa 5,5 milliard söm ajratilgan.
Mablağlarni taqsimlaş tamoyili ham özgarmoqda. Murojaatnomada taʼkidlanganidek, «bu mablağlarning har bir sömi aholimiz uçun qöşilgan qiymat yaratişi zarur». Mablağ oliş tartibi ham aniq körsatib berilgan: «Marhamat, qaysi mahalla raisi, hokim yordamçisi va mahalla bankiri loyiha qilib, uni asoslab bersa, zarur mablağni olsin».
Mahalla buyurtmasining mohiyati ham aynan şu ikki talabda mujassam: birinçisi — mablağlar aniq ehtiyojga yönaltirilişi, ikkinçisi — har bir loyiha özining iqtisodiy va ijtimoiy samarasi bilan asoslanişi.
2027-yil byudjeti va parlament nazorati
2027-yil Davlat byudjeti milliy dasturlarni amalga oşiriş davrining birinçi byudjeti böladi. Prezidentimiz 13-noyabrda ötkazgan yiğilişda byudjet daromadlarini 416 trillion söm, xarajatlarini 464 trillion söm etib belgilaş nazarda tutilayotganini maʼlum qildi. Hududlar va mahallalar infratuzilmasini yaxşilaş, aholi bandligi va daromadlarini oşiriş, inson kapitalini rivojlantiriş hamda ijtimoiy himoyani kuçaytirişga 70 trillion söm ajratiş rejalaştirilmoqda.
Byudjet loyihasi mahalliy Kengaşlarda muhokama qilingaç, Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritiladi. Mexanizm endi joriy etilayotgani sababli uning töliq samarasi keyingi byudjet sikllarida namoyon böladi. Biroq loyihaning mahalliy Kengaşlarda muhokama qilinişi mahalla ehtiyojlarini inobatga olişning dastlabki amaliy imkoniyati hisoblanadi.
Tuman byudjeti loyihasi Kengaşda körib çiqilayotganda deputatlar mahallalardan qanday buyurtmalar kelib tuşgani, ularning qaysi biri byudjetga kiritilgani, qaysilari esa qanday asoslar bilan keyingi davrga qoldirilganini köra olişi zarur.
Buning uçun tuman byudjeti loyihasiga mahalla buyurtmalari reyestri va ular böyiça qabul qilingan asoslantirilgan qarorlarni ilova qiliş maqsadga muvofiq. Şunda har bir buyurtmaning taqdiri oçiq muhokama va deputatlik nazorati orqali körib çiqiladi.
Parlament nazoratining huquqiy vositalari ham mavjud. PF-242-son farmonga muvofiq, milliy dasturlar ijrosi ustidan Oliy Majlis palatalari va mahalliy Kengaşlar tomonidan parlament va deputatlik nazorati örnatiladi. «Taraqqiyot strategiyasi» markazi va «Yuksaliş» harakati esa jamoatçilik fikrini inobatga olgan holda joylardagi işlar holatini tanqidiy örganadi.
PF-22-son Farmonga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi Davlat dasturi ijrosi yuzasidan har yarim yilda Qonunçilik palatasiga hisobot kiritadi. 2026-yil byudjeti ijrosiga oid PQ-388-son qarorga köra, byudjet mablağlaridan foydalanişga doir maqsadli indikatorlar böyiça Hisob palatasining taşqi audit xulosasi ham palataga taqdim etiladi. Bu vositalar ajratilgan mablağlarning samaradorligini faqat sarflangan mablağ hajmi bilan emas, balki erişilgan natijalar asosida baholaş imkonini beradi.
Deputatlar bu jarayonning bevosita iştirokçisi hamdir. 2025-yil 29-avgustdagi Prezident qarori bilan joriy etilgan mexanizm asosida 2026-yilda 150 nafar deputat «Taşabbusli byudjet» jarayonida yetarli ovoz töplay olmagan, biroq ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan 495 ta loyihani tanladi. Ularni amalga oşiriş uçun qariyb 480 milliard söm ajratildi.
Saylov okrugidagi mahalla buyurtmalarini umumlaştiriş va ularning ijrosini kuzatib boriş esa deputatlik faoliyatining mantiqiy davomi bölişi mumkin.
Xorij tajribasi nimani körsatadi?
Iştirokçi byudjetlaştiriş amaliyoti 1989-yilda Braziliyaning Portu-Alegri şahrida paydo bölgan va keyinçalik dunyo böylab 2 700 dan ortiq hukumat tomonidan qabul qilingan. Biroq Portu-Alegrining özida bu amaliyot 2017-yilda mablağ yetişmasligi va islohot zarurati sababli ikki yilga töxtatilgan.
Jahon resurslari instituti tadqiqotçilari mazkur tajribadan iştirokçi byudjetlaştiriş tizimi puxta taşkiliy tuzilma, yetarli moliyaviy resurslar va özgaruvçan siyosiy şaroitlarga moslaşa oladigan institutlarga tayangandagina barqaror bölişi mumkin, degan xulosa çiqargan.
Janubiy Koreyada 2011-yilda Mahalliy moliya töğrisidagi qonunga kiritilgan özgartişlar bilan iştirokçi byudjetlaştiriş barça mahalliy hokimiyatlar uçun majburiy etib belgilandi. 2014-yildagi tuzatişdan keyin qonunning 39-moddasi aholi fikrini mahalliy kengaşga taqdim etiladigan byudjet loyihasiga ilova qilişni talab etadi. Bugungi kunda u yerda fuqaro taklifi rad etilganda uning sabablarini asoslaş majburiyatini yanada kuçaytiriş masalasi ham muhokama qilinmoqda.
Özbekistonda esa bu masala 30 kunlik muddatda asoslantirilgan qaror qabul qiliş talabi orqali tartibga solinmoqda.
Polşada 2018-yil 11-yanvarda qabul qilingan qonun bilan fuqarolik byudjeti kommuna (gmina) özini özi boşqariş töğrisidagi qonunning 5a-moddasida jamoatçilik bilan maslahatlaşuvning maxsus şakli sifatida mustahkamlandi. Povyat maqomiga ega 66 ta şaharda uşbu amaliyot majburiy hisoblanadi. Uning hajmi sönggi ijro hisobotidagi xarajatlarning kamida 0,5 foizini taşkil etadi.
Aholi tomonidan tanlangan vazifalar byudjet töğrisidagi qarorga kiritiladi. Kengaş byudjet loyihasi ustida işlayotganda ularni çiqarib taşlaşi yoki jiddiy özgartirişi mumkin emas.
Xorijiy tajriba şuni körsatadiki, jamoatçilik iştirokini taʼminlovçi mexanizmlar qonun bilan kafolatlanmasa, siyosiy vaziyat özgarişi bilan zaiflaşişi mumkin. Fuqarolar taklifining byudjet loyihasiga majburiy ilova qilinişi va uni rad etiş sabablarining asoslantirilişi esa bunday tizimning samaradorligini oşiradi.
Özbekistonda joriy etilayotgan 30 kunlik muddatda asoslantirilgan qaror qabul qiliş talabi ikkinçi şartning muhim qismini taʼminlaydi. Buyurtmalarni byudjet loyihasiga ilova qiliş va uşbu mexanizmni qonun darajasida kafolatlaş esa parlament oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
Buyurtmaçi masʼuliyati
Prezidentimiz 2026-yil 16-iyuldagi yiğilişda: «Hokimda ham, mahalla raisida ham, umuman, “yettilik”ning har bir vakilida resurs va vakolat bor. Yetişmayotgan jihat — masʼuliyat va taşabbuskorlik», deya taʼkidlagan edi.
Darhaqiqat, buyurtmaçi maqomining berilişi mahalla jamoasi zimmasiga ham yangi masʼuliyat yuklaydi. «Taşabbusli byudjet» jarayonida 2026-yilda joriy etilgan şeriklik mexanizmi buning dastlabki namunasi böldi. Aholi loyiha qiymatining yarmini öz hissasi bilan qoplagan 152 ta loyiha ğolib deb topildi. Ularni amalga oşiriş uçun şakllangan qariyb 20 milliard söm mablağning taxminan yarmi aholi hissasi hisobidan taʼminlandi.
Mahalla öz ehtiyojlarini «Raqamli mahalla» platformasi maʼlumotlariga tayanib asoslab bersa, vakolatli organ 30 kun içida asoslantirilgan qaror qabul qilsa, maʼqullangan buyurtma tuman byudjeti loyihasida alohida aks ettirilib, Kengaşda muhokama qilinsa va yil yakunida hokim uning ijrosi yuzasidan Kengaş oldida hisobot bersa, mahalla buyurtmasi tizimi öz oldiga qöyilgan maqsadga erişadi.
Ana şu izçil jarayon qonun bilan mustahkamlansa, PF-242-son farmonda belgilangan 2027–2031-yillar mahalla buyurtmasi byudjet jarayonining doimiy va muhim böğiniga aylanadigan davr böladi.
Oybek QÖŞBOQOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi
Parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği,
iqtisodiyot fanlari böyiça falsafa doktori
ÖzA