“Inklyuziv ta’limga e’tibor – o‘quvchim gapiryapti, yozib, kitobdagi so‘zlarni o‘qiyapti” (+video)
.
Prezident tashrifidan so‘ng...
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida Jarqo‘rg‘onda qurilayotgan Yangi O‘zbekiston massivida ham bo‘ldi. Davlatimiz rahbari dastlab hududdagi 66-maktabga kirib, sharoitlar bilan tanishgan, ustoz va o‘qivchilar bilan muloqotda bo‘lgan edi.
Tashrifdan so‘ng ushbu maktabda maxsus pedagog vazifasida ish yuritayotgan Sayyora Mirzayeva bilan suhbatlashdik. Ustoz o‘quvchilar hayoti, inklyuziv ta’limga berilayotgan e’tibor xususida fikrlarini bildirdi.
Yangi O‘zbekiston massivi bugun o‘quvchilarning munosib bilim olishi yo‘lida barpo etilgan yirik shahar misoli ularni mamnun etgan.
– Hurmatli Prezidentimizning vohamizga tashriflari tarixiy ahamiyat kasb etadi. Zero, bu maktabning kelajagi buyuk. Davlatimiz rahbari o‘quvchilarimiz bilan suratga tushdilar, – dedi Sayyora Mirzayeva. – Surxondaryoning olis hududida barpo etilgan Yangi O‘zbekiston massivida yoshlarimiz tahsil olishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Bundan aholimiz, ayniqsa, ota-onalar juda xursand.
Tumanimizda zamonaviy maktablarning qurilishi inklyuziv ta’lim rivojiga ham hissa qo‘shayapti. O‘quvchim Meronshoh Choriyev implant o‘rnatilgandan keyin tengdoshlari qatori sinfxonalarda dars mashg‘ulotlarini bevosita tinglab, gapira boshladi. U yozyapti, kitoblardan so‘zlarni o‘qiy olyapti. Biz, pedagoglar jamoasi, uning ota-onasi bunday sharoitlar yaxshi tarbiyaga, yaxshi muhitga xizmat qilishiga guvoh bo‘lyapmiz.
[gallery-27942]
Prezident tashrifi doirasida inklyuziv ta’limga alohida e’tibor berilishini, hormay-tolmay ishlashimizni, doimo biz uchun dalda bo‘lishlarini ta’kidlab o‘tdilar. Bunday bilim maskanlari ko‘p barpo etiladi, bizdan yoshlarni faqat ilmga chorlashda tinimsiz mehnat qilish so‘raladi.
Eng muhimi, davlatimiz rahbari biz – pedagoglarga ishonch bildirdilar. Zero, Meronshoh kelajakda yetuk inson bo‘lishi uchun o‘zimning ta’lim va tarbiyamni berishda davom etaman.
Videointervyuni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizda tomosha qiling.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mzewgVYAVwI" title="“Inklyuziv ta’limga e’tibor – o‘quvchim gapiryapti, yozib, kitobdagi so‘zlarni o‘qiyapti”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz XUDOYBERDIEV,
Nosirjon HAYDAROV (surat),
O‘zA