IIB xodimlari “Zakovat”da bellashdi
Poytaxtimizda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda “Zakovat” klubi hamkorligida IIBB tarkibiy va hududiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida “Zakovat” o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Unda Bosh boshqarma tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalarining 29 ta jamoasi g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi.

Qizg‘in bahslar yakuniga ko‘ra, 1-o‘rin Toshkent shahri IIBB jamoasiga, 2-o‘rin Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB jamoasiga hamda 3-o‘rin Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB jamoasiga nasib qildi.

Mazkur jamoalarning har biri diplom, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
G.Boboyeva, O‘zA