Hokim tuman ahli bilan uçraşdi
Mahalladagi har bir özgariş, avvalo, odamlar hayotida sezilişi kerak. Ravon yöllar, sifatli içimlik suvi, zamonaviy taʼlim muassasalari va obod mahalla binolari — aholi uçun qulay turmuş şaroitining muhim belgilaridir. Biroq obodonlaştiriş va ijtimoiy infratuzilmani yaxşilaş bilan bir qatorda, odamlarning fikrini eşitiş, ularni qiynayotgan masalalarga yeçim topiş ham muhim.
Boyovut tumanidagi Sarmiç va Jölangar mahallalarida bölib ötgan oçiq muloqotda ham ana şu jihatlarga eʼtibor qaratilib, hududlarda amalga oşirilayotgan işlar, mavjud muammolar va kelgusi rejalar muhokama qilindi.

Tuman hokimi, 5-Sarmiç saylov okrugidan saylangan deputat Niyoz Hazratqulov har ikki mahalladagi aholi vakillari hamda yoşlar bilan uçraşib, hududlarni rivojlantiriş, ijtimoiy infratuzilmani yaxşilaş borasidagi işlar xususida maʼlumot berdi.

Sarmiç mahallasidagi özgarişlar qatorida 120 örinli 45-sonli umumtaʼlim maktabining mukammal taʼmirlanib, foydalanişga topşirilgani alohida ahamiyatga ega. Bu taʼlim olayotgan yoş avlod uçun munosib şaroit yaratiş yölidagi muhim qadamdir. Ayni paytda Sarmiç va Jölangar mahallalari binolarida ham taʼmirlaş işlari olib borilmoqda.

Aholi uçun eng dolzarb masalalardan biri bölgan içimlik suvi taʼminotiga ham eʼtibor qaratildi. Davlatimiz rahbarining 2025-yil 6-martdagi «Sirdaryo viloyatining ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori ijrosi doirasida içimlik suvi qattiqligi yuqori bölgan hududlarda aholini sifatli suv bilan taʼminlaş maqsadida tumanning 18 ta mahallasida yangi suv quduqlarini quriş rejalaştirilgan. Quvonarlisi, Sarmiç mahallasi ham mazkur röyxatdan örin olgan.

Şuningdek, mahalla hududida yöl çetlarida piyodalar yölaklari barpo etilgani, tungi yoritiş çiroqlari örnatilgani hudud obodligi va aholi xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan amaliy işlar sirasiga kiradi.
Uçraşuvning yana bir muhim jihati — aholi va yoşlarning fikr-mulohazalari, taklif va taşabbuslariga quloq tutilganidir. Oçiq muloqotda bildirilgan murojaatlar va kötarilgan masalalar yuzasidan tegişli masʼullarga zarur körsatmalar berildi.
Muloqotdan söng tuman hokimi Jölangar mahallasi binosida olib borilayotgan taʼmirlaş işlari bilan tanişib, ularning borişini közdan keçirdi.

Bir söz bilan aytganda, mahalla taraqqiyoti faqat bunyodkorlik işlari bilan emas, balki aholi dardiga quloq tutiş, takliflarini inobatga oliş va mavjud muammolarga amaliy yeçim topiş bilan ham belgilanadi. Eng muhimi, bu jarayonda odamlar öz hududidagi özgarişlarni his qilişi kerak.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri