Amerikalik yoshlarning Trampdan umidi qolmagan(mi)?
“The New York Times” gazetasining xabar berishicha, Donald Trampning 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishiga yordam bergan yosh amerikaliklar AQSH yetakchisi va uning partiyasidan tobora ko‘ngli qolmoqda. Buning asosiy sabablari - mamlakatda yashash narxining oshishi, iqtisodiy qiyinchiliklar va va’dalarning bajarilmaganligi.
“Siyena” universiteti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, yosh yigitlarning 55 foizi 2024-yilda Trampni qo‘llab-quvvatlagan. Biroq demokratlar hozirda bu guruh orasida respublikachilardan bir foizga oldin. Yosh ayollar orasida kayfiyatning o‘zgarishi yanada sezilarli bo‘lmoqda. Ularning 31 foizi 2024-yilda Trampga ovoz bergan bo‘lsa, hozirda atigi 13 foizi respublikachilarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Trampning ba’zi sobiq tarafdorlari iqtisodiyot yaxshilanishini kutishganini, ammo amerikaliklar manfaatlariga xizmat qilmaydigan narxlar va siyosatning oshishi bilan duch kelayotganini aytishmoqda. Ko‘ngilsizliklar 30 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lgan saylovchilarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ekspertlar fikricha, Amerika yoshlari ikki yirik partiyadan ham ko‘ngli qolgan va ularga ishonmayapti. So‘rov natijalariga ko‘ra, 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan saylovchilarning uchdan bir qismi demokratlarni ham, respublikachilarni ham muhim muammolarni hal qilishga e’tibor qaratmaganlikda ayblagan. Yosh saylovchilarning taxminan 30 foizi o‘zini demokratik sotsialist deb biladigan nomzodni qo‘llab-quvvatlashni afzal ko‘rmoqda.
S.Rahimov,O‘zA