G‘oliblar pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi
Poytaxtimizda “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” – "Challengers open" va "Challengers women" yo‘nalishlari respublika musobaqasi nihoyasiga yetdi.
Jami 9 turdan iborat bo‘lgan ushbu keskin bahslarda shaxmatchilar o‘z mahoratlarini yuqori darajada namoyish etdi. Har bir partiyasi qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqa yakunida quyidagi natijalar qayd etildi. Jumladan, "Challengers open” guruhidan 1-o‘rin Xadiyatullo Muxamedov, 2-o‘rin Bilolxo‘ja Xasanov hamda 3-o‘rin Akbar Yoqubboyevga nasib qildi.
"Challengers women" guruhidan esa 1-o‘ringa Mohinur Habibullayeva, 2-o‘ringa Oksana Slapoguzova va 3-o‘ringa Odina Olimova erishdi.
1-o‘rinni egallagan ishtirokchilar 25 million, 2-o‘rin 15 million hamda 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar 10 million pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
Musobaqa yakunida turli nominatsiyalar g‘oliblari tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA