Giyohvandlik moddalarini mamlakatga olib kirişga uriniş foş etildi
Mamlakatimizda «Xavfsiz va soğlom yurt» tezkor-profilaktik tadbiri doirasida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş böyiça tezkor tadbirlar ötkazilmoqda. Ularning natijasida Andijon va Surxondaryo viloyatlarida yirik miqdordagi giyohvandlik moddalari hamda kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalari aniqlandi.
Xususan, DXX Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari içki işlar va bojxona organlari bilan hamkorlikda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida tezkor tadbir ötkazdi.
Tadbir davomida avval giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq jinoyat uçun sudlangan, 1986-yilda tuğilgan fuqaroning yaşaş xonadoni közdan keçirildi. Natijada, u yerdan 1 kilogramm 157 gramm «gaşiş» moddasi hamda 1946 dona «Regapen» kuçli taʼsir qiluvçi dori vositasi topilib, aşyoviy dalil sifatida olindi.
Şuningdek, tezkor tadbir çoğida mazkur şaxsdan «Regapen» sotib olişga uringan 2001-yilda tuğilgan mahalliy fuqaro ham uşlandi. Uning yonidan 1,5 gramm «gaşiş» va 2 dona «Regapen» dori vositasi aniqlandi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yana bir tezkor tadbir Surxondaryo viloyatida amalga oşirildi. DXX viloyat boşqarmasi xodimlari içki işlar va bojxona organlari bilan hamkorlikda Termiz xalqaro savdo markazida giyohvandlik vositalari savdosining oldini oldi.
Tezkor kuzatuvga olingan, 1986-yilda tuğilgan Afğoniston fuqarosi sotiş uçun möljallangan çoponlar orasiga yaşirib, mamlakatga kontrabanda yöli bilan olib kirilgan 6 kilogramm 342 gramm «gaşiş» moddasini 15 ming AQŞ dollariga sotgan vaqtida qölga olindi.
Uşbu holat böyiça xorij fuqarosiga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi hamda 273-moddasi 6-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Hamroz Bayonov,
ÖzA