Gimnastikachilarimiz Xitoyda shohsupaga ko‘tarildi
O‘zbekiston terma jamoasi badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon chellenj kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda
Xitoyning Pekin shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon chellenj kubogining birinchi final kuni yakunlandi.
Musobaqaning guruh mashqlari (5 ta to‘p) dasturida Fatima El-Sankari, Milana Safina, Irodaxon Sodiqova, Mishel Nesterova va Diana Hakimovadan iborat O‘zbekiston terma jamoasi bronza medalga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa, vakillarimiz musobaqadagi dastlabki medalni mamlakatimiz hisobiga yozib qo‘ydi.
Darvoqe, final bahslarining yakkalik mashqlarida Sevinch Mo‘minova halqa, to‘p va bulavalar dasturida, Natalya Usova esa halqa, to‘p hamda tasma mashqlarida ishtirok etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA