Fijital sport maydonida çempionlar aniqlanmoqda
Poytaxtimizdagi «Olimpiya şaharçasi»da fijital-futbol, fijital-basketbol, lazertag va Just Dance yönalişlari böyiça mamlakat çempionatining final bosqiçi boşlandi.
Musobaqalarda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridan törtta hududiy saralaş musobaqasida ğolib va sovrindor bölgan jami 36 ta jamoa iştirok etmoqda.
Bugun fijital-basketbol va Just Dance yönalişlari böyiça ğolib va sovrindorlar aniqlandi.
Fijital-basketbol bahslarida Renessans taʼlim universitetining «Renessans» jamoasi birinçi örinni egalladi. Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining «Play next» jamoasi ikkinçi, Qoraqalpoğiston Respublikasining «NKS» jamoasi uçinçi örinni qölga kiritdi.
Şuningdek, Tolegen Ismatov «Eng tezkor sportçi», Arslan Suxinin «Eng yaxşi himoyaçi» nominatsiyalarida ğolib böldi.
Just Dance yönalişida Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Suğdiyona Abduxoliqova birinçi örinni egalladi. Uning universitetdoşi Farangiz Şokirjonova ikkinçi, Andijon davlat texnika instituti talabasi Mohinur Rahimberdiyeva uçinçi öringa sazovor böldi.
Sarvinoz Rahimberdiyeva «Eng plastik ijro», Nilufar Islomova «Eng jozibali ijro» nominatsiyalarida taqdirlandi.
[gallery-32564]
Ertaga çempionatning fijital-futbol böyiça bahslari «Olimpiya şaharçasi»ning futbol maydonlarida davom etadi.
Kamola YUSUPOVA,
Muhammad AMIN (surat), ÖzA