Farg‘onada iqtidorli futbolchilar va murabbiylar tayyorlash yangi bosqichga ko‘tariladi (+video)
Prezident tashrifidan so‘ng...
Mamlakatimizda yosh iqtidorli futbolchilar va murabbiylar tayyorlash, tajribali kadrlar tarbiyalash maqsadida samarali ishlar tashkil qilinmoqda. Bu borada Farg‘ona viloyati o‘ziga xos tajriba ega va iste’dodli charm to‘p ustalari bilan mashhur.
Bunga 1962-yilda tashkil etilgan “Neftchi” futbol klubi erishgan samarali yutuqlar misol bo‘la oladi. Klub O‘zbekiston Superligasining 6 karra chempioni, mamlakat kubogining 2 karra va superkubokning 1 karra sohibi hisoblanadi. Shuningdek, klub 1994-yilda MDH kubogi finalchisi bo‘lgan, 1994-1995-yillarda esa Osiyo chempionlar ligasida bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
[gallery-29208]
Yurtimizda professional futbol klublari akademiyalarini rivojlantirishga qaratilgan choralar natijasida 2025-yilda Farg‘onada “Neftchi” bolalar futbol akademiyasi tashkil etildi.
Davlatimiz rahbari 28-aprel kuni Farg‘ona viloyati futbol assotsiatsiyasiga qarashli futbol markazi va “Neftchi” bolalar futbol akademiyasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
– Viloyatimizda futbol muhitini oshirish, jahon futboli darajasiga olib chiqish, iqtidorli mahalliy yoshlarni saralab olish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Neftchi” bolalar futbol akademiyasiga UEFA instruktori va boshqa xalqaro ekspertlar ham jalb qilindi, – dedi Farg‘ona viloyati futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Nosir Otaqo‘ziyev. – Klubda nafaqat yosh futbolchilar, balki, mahalliy futbol murabbiylari, tajribali kadrlarni shakllantirish ishlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda homiylar tomonidan havo shari sun’iy qoplamali yopiq futbol maydoni o‘rnatilgan. Akademiyada sportchilarning mashg‘ulot va yuklamalardan tezkor tiklanishi uchun eng zamonaviy tibbiy texnologiyalar joriy etilgan, bu jarohatlarning oldini olish va futbolchilarning jismoniy holatini xalqaro standartlarga moslashtirish imkonini beradi.
Davlatimiz rahbarining “Neftchi” bolalar futbol akademiyasi faoliyati bilan tanishishi vodiy futboli rivojida muhim bosqich bo‘ldi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/kDZKrMwZy9o?si=OCWWRoJgXAGKV6FU" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV,
Nosirjon HAYDAROV (surat),
Yoqub MELIBOEV (video),
O‘zA