Farg‘onada bir kunda uchta bank xizmatlari markazi ochildi
«Biznesni rivojlantirish banki» ATB aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga zamon talablariga mos, sifatli va qulay moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish qamrovini kengaytirishni izchil davom ettirmoqda.
Xususan, bugun Farg‘ona viloyatining Beshariq, Bag‘dod hamda Buvayda tumanlarida bankning yangi Bank xizmatlari markazlari (BXM) tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.


Yangi Bank xizmatlari markazlarining manzillari:
Beshariq tumani BXM: Farg‘ona viloyati, Beshariq tumani, Buloqboshi MFY, Oltin vodiy ko‘chasi, 128-uy.
Bag‘dod tumani BXM: Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumani, Muqimiy MFY, Axillik ko‘chasi, 2-uy.
Buvayda tumani BXM: Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani, Obod hayot ko‘chasi, 787-uy.
Yangidan barpo etilgan va zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlangan mazkur markazlar hududlardagi mijozlarga zamonaviy bank xizmatlarini yanada yaqinlashtirish, kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.


Markazlarda jismoniy va yuridik shaxslar uchun keng turdagi bank amaliyotlari, jumladan:
Aholi uchun: qulay shartlardagi omonatlar, mikrozayom va kreditlarni rasmiylashtirish, xilma-xil to‘lovlar va xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish;
Tadbirkorlar uchun: biznes loyihalarni va kichik tadbirkorlikni moliyalashtirish, hisobvaraqlar ochish va boshqa kompleks bank xizmatlaridan tezkor va toifalangan tarzda foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.



«Biznesni rivojlantirish banki» ATB Farg‘ona viloyati aholisi va tadbirkorlarini yangi Bank xizmatlari markazlarida kutib olishdan va ularga muvaffaqiyatli rivojlanish yo‘lida ishonchli moliyaviy hamkor bo‘lishdan mamnundir.
Bank Axborot xizmati