Fan olimpiadalari ğoliblari va ularning ota-onalari xorijda dam olmoqda
Jizzax viloyati Arnasoy tumanida fan olimpiadalari ğoliblari, ularning ota-onalari va ustozlari uçun Misr hamda Xitoyga sayohat taşkil etildi. Matematika yönalişida ğolib bölganlar Misrga, ingliz tili bilimdonlari esa Xitoyga yöl oldi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Tumanda yoşlarning bilim va iqtidorini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan eʼtibor amaliy rağbat bilan uyğunlaşmoqda. Buning yaqqol ifodasi sifatida tuman hokimi Odil Musanovning taşabbusi bilan taşkil etilgan fan olimpiadalari ğoliblari uçun xorijiy mamlakatlarga sayohat uyuştirildi.
Eʼtiborlisi, mazkur imkoniyat faqat öquvçilarning özi bilan çeklanmagan. Arnasoy tuman hokimi kubogi doirasida matematika va ingliz tili fanlaridan öz yoş toifalarida ğolib bölgan tumandagi 5-, 8-, 20-sonli hamda Ixtisoslaşgan maktablarning öquvçilari, ularning ota-onalari, fan öqituvçilari va maktab direktorlari ham uşbu safarlarda iştirok etmoqda. Yaʼni bolaning yutuği ortida turgan oila va taʼlim muassasasi jamoasi ham munosib eʼtirof etilmoqda.


Tanlovda matematika yönalişida ğolib bölgan öquvçilar Misr Arab Respublikasiga, ingliz tili böyiça ğoliblikni qölga kiritganlar esa Xitoy Xalq Respublikasiga yöl oldi. Bir haftalik safarlar davomida iştirokçilar uşbu mamlakatlarning tarixi, madaniyati, milliy qadriyatlari va taraqqiyot tajribasi bilan yaqindan tanişmoqda.
Misrdagi safar dasturi qadimiy sivilizatsiya merosi, maşhur obidalar va betakror meʼmoriy yodgorliklar bilan tanişuvni qamrab olgan. Öquvçilar darsliklarda öqigan tarixiy maʼlumotlarini öz közlari bilan körgan manzillar orqali yanada çuqurroq anglamoqda. Xitoyga borgan iştirokçilar esa muzeylar, tarixiy ekspozitsiyalar va madaniy maskanlarda bölib, uşbu mamlakatning köp asrlik taraqqiyot yöli, urf-odatlari va boy merosi haqida tasavvurlarini kengaytirmoqda.


Bunday safarlarning ahamiyati, albatta, yangi mamlakatlarni köriş bilangina ölçanmaydi. Ular yoşlarda mustaqil dunyoqaraş, izlaniş, xorijiy tillarni örganişga qiziqiş va turli xalqlar bilan muloqot qiliş könikmalarini şakllantirişga ham xizmat qiladi. Eng muhimi, bilim va mehnat orqali erişilgan ğalaba inson hayotida yangi imkoniyatlar eşigini oçişi mumkinligini amalda körsatadi.
Taşabbusning yana bir eʼtiborli tomoni, unda ota-onalar, öqituvçilar va maktab direktorlarining ham iştirok etayotganidir. Zero, öquvçining har bir yutuği ortida oilaning mehri va qöllab-quvvatlaşi, ustozning sabr-toqati va mehnati, maktabda yaratilgan taʼlim muhiti mujassam. Ularning birgalikda taqdirlanişi esa taʼlim-tarbiya jarayonidagi hamkorlikning ahamiyatini yanada oşiradi.


Arnasoy tajribasining ibratli jihati ham şunda: ğoliblikni şunçaki diplom yoki esdalik sovğasi bilan emas, balki yangi bilim, taassurot va hayotiy tajriba beradigan imkoniyat bilan rağbatlantiriş yöli tanlangan. Bu yondaşuv öquvçilar örtasida soğlom raqobatni kuçaytiriş, ustozlarning mehnatiga eʼtiborni oşiriş va ota-onalarning taʼlim jarayonidagi faolligini rağbatlantirişga xizmat qiladi.
Mutaxassislarning fikriça, bu kabi rağbatlantiriş tizimining boşqa hududlarda ham ommalaştirilişi taʼlim sifatini oşirişda muhim omil bölib xizmat qiladi. Çunki yoşlar uçun eng katta rağbat ularning mehnati qadrlanayotganini his etiş, erişgan natijasi yangi marralar sari yöl oçayotganini körişdir.


Arnasoylik ğoliblarning Misr va Xitoy safari ana şu ezgu maqsadning amaliy ifodasi. Bugun bir neça maktab öquvçilari uçun yaratilgan imkoniyat ertaga yuzlab tengdoşlarini bilim olişga, izlanişga va ğalaba qozonişga undaşi, şubhasiz.
Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri