Ziyolimisiz?
Yoziş yoki yozmaslik, aytiş yoki aytmaslik örtasidagi haqiqatlar
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev jadidlar davriga, ular qoldirgan maʼnaviy merosga juda köp murojaat qiladi. Buning boisi, avvalo, jadid bobolarimizdan örnak oliş bölsa, ulardan vatanparvarlik saboğini örganişdir: «Barçamizga ayonki, “Tilda, fikrda, işda birlik” degan ezgu ğoya bilan maydonga çiqqan jadid bobolarimiz xalqlarimizni jaholat va qoloqlikdan olib çiqiş, ularni ğaflat botqoğidan qutqarişning asosiy yöli — bilim va maʼrifatda, dunyoviy taraqqiyotni egallaşda, deb bildilar. Ular şu yölda fidoyilik körsatib, yangi usul maktablari, teatr va kutubxonalar, naşriyotlar oçdilar. Jamiyat aʼzolarining dunyoqaraşi va turmuş tarzini özgartiriş maqsadida gazeta va jurnallar naşr etdilar. Yoşlarni ilğor davlatlarga öqişga yubordilar...»
Ziyoli inson, ziyoli oila, ziyolilar sulolasi, ziyo tarqatuvçi... Hayotda «ziyoli» söziga juda köp duç kelamiz. Öqituvçi, olim... bir söz bilan aytganda, ziyolilar deb atalişiga könikib qolganmiz.
Mening nazarimda, öqimişli, bilimli, savodli va hatto olim odam ham tölaqonli ziyolilik talabiga javob bera olmaydi.
Ziyoli — bu juda uluğ, şarafli, masʼuliyatli nom, keng tuşunça, zalvorli yuk. Ziyolilik nomini kötariş, unga amal qiliş — maşaqqat.
«Ziyoli» sözi bizning davrimizga kelib kasbga, ilmiy darajaga nisbatan işlatila boşlandi.
Ziyolilik masʼuliyatidan juda köp örinlarda köz yumildi. «Ziyolilik» sözining ijtimoiy ahamiyati tobora torayib bordi. Xuddi «ustoz» sözi singari. Mening nazarimda, bugun «ustoz» sözining ham qadr-qimmati yöqolib borayotganday. «Ustoz» sözi asosan «muallim» va «domla» sözlari örniga işlatilmoqda. Bir paytlar «ustoz» sözining ham xuddi «ziyoli» sözi kabi maʼno-mazmuni çuqur, taʼsir doirasi ança keng edi.
Bugun oliy maʼlumotlilar, fan nomzodlari, fan doktorlari, bundan ham yuqori darajalarga erişayotganlar juda köp bölsa-da, ming afsuski, ziyolidek möʼtabar, muqaddas nomga, rutbaga, mavqega erişganlar juda kam.
Haqiqiy ziyoli qanday bölişi kerak? U qanday talablarga javob berişi lozim? Ziyolining zimmasida qanday masʼuliyatlar bor?
Balki biz birinçi navbatda ziyolining jamiyatdagi örni va mavqeini belgilab olişimiz kerakdir.
Ziyolining burçi-çi? U qanday bölişi zarur? Bugun aynan muammo ziyolining öz burçini töliq his qilmayotganida emasmi?
Ziyoli deganda, mening köz oldimga Mahmudxöja Behbudiy, Munavvarqori Abduraşidxonov, Abdurauf Fitrat, Saidrizo Alizoda... taraqqiyparvar ziyolilar sinfini tarbiyalab yetiştirgan Ismoilbek Gasprinskiy keladi.
Tom maʼnodagi ziyoli böliş uçun, avvalo, vatanparvar, millatparvar, maʼrifatparvar böliş kerak, deb öylayman. Bugun biz ziyolilikning faqat boşlanğiç talabini bajaryapmiz. Ilm örganyapmiz, ilm qilyapmiz, ilm örgatyapmiz. Lekin bu yetmaydi. Birinçidan, jadid ajdodlarimizdan örnak olişimiz kerak. Ikkinçidan, millatning qalbiga yetib borişimiz zarur. Uçinçidan, vatanparvarligimiz ham havas qilarli darajada emas.
Bugun birinçi navbatda millat ziyolisiga islohot zarur. Biz öz-özimizni taftiş qilişimiz kerak. Hali Behbudiylar yaşagan zamondan juda uzoqlaşib ketganimiz yöq.
Mahmudxöja Behbudiy rahnamoligidagi jadid ziyolilarimiz, bizdan farqli ravişda, butun umri, joni va molini millat taraqqiyoti uçun sarfladi. Jadidlar öz mablağlari hisobidan yangi usul maktablarini oçdi. Öqituvçilarga maoş tayinladi, özlari darsliklar yozib, çop ettirdi. Dunyo rivojidan ortda qolmaslik uçun gazeta va jurnallarga asos soldi. Ilk teatr oçdi. Sahna asarlari yozdi. Bir söz bilan aytganda, aziz jonlarini millat va maʼrifat yölida qurbon qilişdi.
Millat va mamlakat ziyolining söziga, daʼvatiga ehtiyoj sezadi. Çin ziyoli millatni öz ortidan ergaştira oladi, millatni jaholatdan qutqaradi.
Özbekistonga bugun ziyolilar, vatanparvarlar, millatparvarlar kerak, maʼrifatparvarlar har qaçongidan ham zarur.
Ziyolini qöllab-quvvatlovçi, uning fikr-mulohazalarini eşituvçi davlat bor, Prezident bor.
Taʼlimga ham, ilm-fanga ham bugun ziyolilar, fidoyilar yetişmayapti.
Men ziyolilikni vatanparvarliksiz tasavvur qilolmayman. Vatanini, millatini yaxşi körmagan inson ziyoli bölolmaydi.
Vatanni kim yuksaltiradi? Mamlakatni kim taraqqiy ettiradi? Avvalo, ziyoli. Ziyolilar millatning yöl boşlovçilaridir. Bir maqsad, bir ğoya atrofida birlaştiruvçilardir. Millat va mamlakat manfaatini şaxsiy manfaatdan ustun qöyuvçilardir.
Ziyolilar mamlakat mustaqilligi, tinçligi borasida qayğuruvçilardir. Alişer Navoiy aytganidek, kerak bölsa, bu yölda jon beruvçilardir.
Erkin Vohidov bundan qariyb ellik yil oldin şunday yozgan edi:
Qulluq qil demasman. Yurt tuproğin öp. Unga qullar emas, fidolar kerak. Uning senu mendek şoirlari köp, Buyuk elga endi daholar kerak.
Ismoilbek Gasprinskiy «Tarjimon» gazetasining 1883-yil 15-sonida bosilgan «Mehnat va taraqqiyot» nomli maqolasida şunday yozadi: «Maktabni, maorifni yangilaş kerak, yöqsa unga yangi ruh kiritiş lozim. Buning uçun millatning rağbati, himoyati kerak, bir söz bilan aytganda, ğoya, hayotbaxş ğoya kerak. Va u butun millatning aqlu şuuriga, feʼlu aʼmoliga ötmoği lozim. Şundagina u hayotiy kuçga aylanadi. Ğoyasizlik, maqsadsizlik millatni zaif qiladi, uyquga, turğunlikka sudraydi».
Adabiyotşunos olim Ibrohim Haqqulovning «Zanjirband şer qoşida» nomli kitobida keltirilgan mana bu hikoyat eʼtiborimni tortdi.
Qadim zamonlarda bir yurtga bosqinçilar bostirib kelibdi. Qirğinbarot uruşlardan söng yurt zabt etilibdi. Lekin xalqning erksevar farzandlari bosqinçilarga qarşi kuraşlarni töxtatmabdi. Şunda sotqinlar bosqinçilar podşohiga şunday deyişibdi: «Poytaxtimizda uluğ olim bor, uni butun mamlakat ahli hurmat qiladi, fikrlari qançadan-qança odamlar uçun qoidadek gap, agar u qölga olinsa, maqsadga tez erişiladi». Olim zudlik bilan toptirilibdi... Podşoh uni osmonlarga kötarib maqtabdi, köp vaʼdalar beribdi va unga asosiy niyatini bildiribdi... «Yöq, — debdi olim, — men Vatanim, xalqim erkiga xiyonat qilmayman...» Bu — Navoiy aytgan «Ilm örganmoq — eʼtiqodni mustahkamlamoqdir» sözlarining dalili va isbotidir.
Mustabid tuzumning qattol siyosati avjiga çiqqan yillarda ham bizda dovyurak, qörqmas ziyolilar yetişib çiqqan. Ular, eng avvalo, Vatan va millat oldidagi burçini anglaşgan, his etişgan.
Akademik Ibrohim Möminov 1968-yilda «Amir Temurning Örta Osiyo tarixida tutgan örni va roli» asarini yaratdi. Uning Amir Temur şaxsini ilmiy örganiş taşabbusi bilan çiqişi ilmiy jasorat va yuksak vatanparvarlik fazilatining yorqin ifodasidir.
Hamid Sulaymonov 1946-yilda Alişer Navoiy qölyozmalari bibliografiyasini naşr etgan. 1959-yilda «Badoye ul-bidoya», «Navodir un-nihoya» devonlari qölyozmalarini topib, ular şoir tomonidan tuzilganligini isbotlagan. «Xazoyin ul-maoniy» tanqidiy matnini tuzgan. Fransiyadan «Devoni Foniy» qölyozmalarini topib, olib kelgan. 1965-yilda fotonusxa asosida çop qildirgan. Hindistondan Hofiz Xorazmiyning 2 jildli «Devon»i fotonusxasini 1975-yilda Toşkentga olib kelib, sözboşi yozib, fanga maʼlum qilgan.
Akademik Yahyo Ğulomov Toşkent, Buxoro, Samarqand, Farğona, Xorazm va boşqa muhim ekspeditsiyalarga rahbarlik qilgan. Xorazmning suğoriliş, dehqonçilik va şahar madaniyatining şakllanişi hamda rivojlaniş tarixi böyiça ilmiy işlar olib borgan. Yahyo Ğulomov Özbekistonda tarix va arxeologiya sohalari böyiça ilmiy maktab yaratgan. Birinçi özbek arxeologlarini tayyorlagan. «Xiva şahrining yodgorliklari», «Quyi Zarafşon vodiysida ibtidoiy madaniyat va suğorma dehqonçilikning paydo bölişi» kabi asarlar yozgan. 4 jildli «Özbekiston tarixi», 2 jildli «Samarqand tarixi», «Buxoro tarixi» kabi asarlarning muallifidir.
Hamid Sulaymonov, Ibrohim Möminov, Yahyo Ğulomov... çin maʼnodagi ziyolilar edi. Ular vafotidan söng «Buyuk xizmatlari uçun» ordeni bilan taqdirlandi. Aziz boşini kundaga qöyişdan qörqmagan yurt qahramonlarini Vatan va millat uluğladi, unutmadi. Ularning maʼnaviy jasorati tufayli xalqimizning maʼnaviy merosi öziga qaytarildi. Tarixiy adolat tiklandi. Ziyolilar daʼvati bilan mustabid tuzum paytida ham milliy qadriyat va anʼanalar, buyuk tarix saqlab qolindi.
Olim haqiqiy ziyoli bölişi uçun öz ilmini millatga berişi, özi mansub bölgan soha böyiça kamida ilmiy maktab yaratişi, jahon ilm-fani yutuqlarini özlaştirişi, özimizga olib kelişi, bu yölda fidoyilik körsatişi zarur.
Ziyoliga birinçi qöyiladigan talab — halollik, xolislik, fidoyilikdir.
Prezidentimiz xorijga safarlarida olimlar, şifokorlar, turli soha vakillari, yoşlar bilan uçraşadi. Ularni Vatanga çorlaydi. Birgalikda yurtni yuksaltirişga çaqiradi. Ularning qalbida bir paytlar söngan Vatanga muhabbatni uyğotadi. Bu samimiy muloqotlar natijasida juda köplab yurtdoşlarimiz mamlakatimiz rivojiga öz hissalarini qöşmoqda.
AQŞning Dallasdagi Texas universiteti professori Anvar Zohidov şunday yozadi: «2023-yilda menga Prezident Şavkat Mirziyoyev “Özbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvonini berdi. Bu mukofot juda köp haqiqatlarni anglatdi. Avvalo, Vatanim uçun kerak ekanman. Garçi undan uzoqda yaşagan bölsam ham, Vatanim meni unutmadi. Nafaqat unutmadi, balki topdi. Qaytadan kaşf etdi. Yuragimdagi soğinç çöğini olovga aylantirdi. Buni Yangi Özbekiston meʼmori Prezident Şavkat Mirziyoyev amalga oşirdi. Çetga çiqib ketgan insonni qutlagan yurtimdan, Yurtboşidan qarzdorman. Allohdan sörayman, menga yana heç bölmaganda 30 yil umr bersin. Bilimimni xalqim baxt-saodati, yuksalişi yölida sarflayman. Bir söz bilan aytganda, Vatan oldidagi burçimni Prezident Şavkat Mirziyoyev anglatdi».
Anvar Zohidov bugun Samarqand davlat universitetidagi Markaziy Osiyoda yagona bölgan Kvant markaziga ilmiy rahbarlik qilmoqda. Özbekiston uçun kvant sohasi mutaxassislarini yetiştirib beriş, kvant maktabini yaratiş borasida jonbozlik körsatmoqda. Haqiqiy ziyoli böliş uçun balki Vatanda yaşaş ham şart emasdir.
Asli Samarqanddan bölgan jahonga maşhur virusolog olim, AQŞning Kaliforniya universiteti professori, molekulyar virusologiya laboratoriyasi direktori Şarof Tugizov bugun Samarqand davlat universitetida taşkil qilingan laboratoriyaga rahbarlik qilib, zamonaviy mutaxassislar tayyorlaş işiga munosib hissa qöşmoqda.
Ziyoli böliş qiyin, juda katta maşaqqat. Buning uçun inson butun umrini bağişlaşi taqozo etiladi. Ming afsuski, bunga hamma jazm qilavermaydi. Bu Vatanga sadoqatni talab etadi. Bu millatni seviş yölidir.
Bu mening mutlaqo şaxsiy fikrlarim. Mulohazalarim bilan hamkasblarimni ziyoli bölişga, millatparvar, maʼrifatparvar, vatanparvar bölişga undamoqçiman.
Rustam XOLMURODOV,
Samarqand davlat universiteti rektori,
Özbekiston Respublikasi fan arbobi,
Oliy Majlis Senati aʼzosi.
ÖzA