Taʼlim va kasblar körgazmasi – yoşlar uçun keng imkoniyat
Yoşlar işlari agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi Andijon viloyati boşqarmalari hamda boşqa qator taşkilotlar hamkorligida Andijon şahridagi Yoşlar markazida “Taʼlim va kasb – 2026” xalqaro taʼlim körgazmasi bölib ötdi.
Unda mamlakatimiz, şuningdek, Yevropa va Osiyo davlatlaridagi oliy taʼlim muassasalari, ularning yurtimizdagi filiallari özlarining mavjud taʼlim dasturlari va imkoniyatlarini namoyiş etdi.
Uşbu tadbir yurtimizda yoşlarning puxta bilim olişi, malakali mutaxassis bölib kamol topişlariga, yetakçi xorijiy oliy taʼlim muassasalaridagi mavjud mutaxassislik yönalişlari haqida keng maʼlumotlarga ega bölişi, özlari istagan taʼlim sohasi va kasblarni tanlaşlariga kömaklaşiş maqsadida ötkazildi.
Körgazmada öttizga yaqin xorijiy oliy taʼlim muassasalari, şuningdek, qator xorijiy davlatlar oliy öquv yurtlarining yurtimizdagi filiallari öz taqdimotlari bilan iştirok etib, yoşlarga, ularning ota-onalariga taʼlim yönalişlari, grant dasturlari hamda zamonaviy kasblari böyiça keng maʼlumotlar taqdim etdi.


Körgazmada xorijlik mutaxassislar tomonidan Rossiya, Belarus, Xitoy, Janubiy Koreya va boşqa Osiyo va Yevropa davlatlari oliy taʼlim muassasalarining taqdimotlari yoşlarda katta qiziqiş uyğotdi. Körgazmada yoşlarning xorijda taʼlim oliş, istiqbolli kasblarni egallaş hamda özlari qiziqqan taʼlim yönalişlarini töğri tanlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
– Körgazma taşkil etilganligidan biz yoşlar behad xursandmiz, – deydi Andijon davlat texnika instituti qoşidagi akademik litsey bitiruvçisi Muhammadjon Tojimatov. – Körgazmada tengdoşlarim bilan qatnaşib, qator xorijiy davlatlardagi oliy öquv yurtlari, u yerda öqiş tartiblari haqida maʼlumotlar oldim.


Yoşlarga keng imkoniyatlar eşigini oçib bergan mazkur xalqaro taʼlim körgazmasi yoşlarning sifatli taʼlim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, ularni zamonaviy kasblarga yönaltiriş va xalqaro taʼlim dasturlari bilan yaqindan taniştirişga xizmat qildi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri.