Dual taʼlim: Özbekiston – Germaniya hamkorligi yangi bosqiçga kötariladi
Andijonda “Dual taʼlim tizimi: Özbekiston va Germaniya köprigi. Dual taʼlimni taşkil etiş böyiça Andijon tajribasi” mavzusida xalqaro anjuman bölib ötmoqda.
Mamlakatimiz va Germaniya taʼlim tizimi mutasaddilari, oliy öquv yurtlari rektorlari iştirokidagi anjumanda Özbekiston va Germaniya örtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, dual taʼlim tizimini rivojlantiriş, ilğor xorijiy tajribalarni milliy taʼlim amaliyotiga joriy etiş hamda mehnat bozori talablariga javob beradigan raqobatbardoş, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş masalalari atrofliça muhokama qilinadi.


Şuningdek, anjuman doirasidagi tadbirlarda dual taʼlimni taşkil etişning xalqaro standartlari, Germaniya taʼlim modelining öziga xos jihatlari, taʼlim muassasalari va işlab çiqariş sektori örtasidagi institutsional hamkorlik mexanizmlari, nazariya va amaliyot integratsiyasi hamda kadrlar tayyorlaş samaradorligini oşirişning ustuvor yönalişlari böyiça ham muhokamalar ötkazilişi belgilangan.


Anjuman iştirokçilari kunning birinçi yarmida Andijon viloyatidagi qator işlab çiqariş korxonalarida bölib, dual taʼlimni taşkil etiş böyiça amaliy jarayonlar bilan yaqindan tanişdilar.
Kunning ikkinçi yarmida Andijon davlat tibbiyot institutida “Dual taʼlim tizimi: Özbekiston va Germaniya köprigi. Dual taʼlimni taşkil etiş böyiça Andijon tajribasi” mavzusida davra suhbati ötkaziladi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri