Eron Islom Respublikasida Akmal Nur asarlari virtual ko‘rgazmasi ochildi
Eron Islom Respublikasi Badiiy akademiyasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Akmal Nur asarlarining virtual ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir onlayn formatda tashkil etilib, unda Eron Islom Respublikasi Badiiy akademiyasi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar Akmal Nur asarlarining yuksak badiiy saviyasi, ularda o‘zbek san’atining boy an’analari, falsafiy teranlik hamda milliy madaniyatning zamonaviy badiiy talqini o‘z ifodasini topganini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Eron Badiiy akademiyalari o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma ko‘rgazma loyihalarini amalga oshirish hamda rassomlar o‘rtasidagi ijodiy almashinuvni rivojlantirish muhim ekani qayd etildi.
G.Boboyeva,
O‘zA