Dron texnologiyalarini iqtisodiyot tarmoqlariga keng joriy etiş masalalari körib çiqildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uçuvçisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanişni kengaytiriş va sohani tartibga solişga doir taqdimot bilan tanişdi.
Bugungi kunda dunyoda uçuvçisiz aviatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib, qişloq xöjaligi, sanoat, transport, şaharsozlik va xizmat körsatiş kabi köplab sohalarda keng qöllanilmoqda. Dronlardan foydalaniş işlab çiqariş samaradorligini oşiriş, xarajatlarni qisqartiriş, resurslarni tejaş va yangi iş örinlarini yaratişda muhim omilga aylanmoqda.
Xususan, qişloq xöjaligida ekin maydonlarini kuzatiş, ularga işlov beriş va hosildorlikni monitoring qiliş, sanoatda işlab çiqariş jarayonlari va infratuzilma obʼektlarining holatini nazorat qiliş, şaharlarda transport oqimini kuzatiş va köçalarda harakatni taşkil etişda uşbu texnologiyalardan foydalaniş katta imkoniyatlar oçadi.
Maʼlumotlarga köra, global dron bozori yiliga 10-15 foiz surʼat bilan ösib bormoqda. Uşbu texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga keng joriy etiş mamlakatimizda ham iqtisodiy ösişni jadallaştiriş, yuqori malakali mutaxassislarga talabni oşiriş va yangi texnologik yönalişlarni rivojlantirişga xizmat qilişi mumkin.
Şu munosabat bilan taqdimotda Özbekistonda uçuvçisiz aviatsiya tizimlaridan fuqarolik maqsadlarida foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, sohada tadbirkorlik va investitsiya faoliyati uçun qulay şaroitlar yaratişga qaratilgan takliflar körib çiqildi.
Şu bilan birga, uçuvçisiz aviatsiyadan foydalanişni kengaytiriş parvozlar xavfsizligi va fuqarolarning şaxsiy hayoti daxlsizligini taʼminlaydigan zamonaviy tartibga soliş mexanizmlarini işlab çiqişni talab etadi.
Bugungi kunda dronlardan foydalanişning yagona qoidalari, ularni hisobga oliş va parvozlarni muvofiqlaştiriş, yetkazilgan zararni qoplaş hamda suğurtalaş mexanizmlarini takomillaştiriş zarurati mavjud.
Şu maqsadda uçuvçisiz aviatsiya vositalari haqidagi maʼlumotlarni birlaştiruvçi yagona raqamli axborot tizimini şakllantiriş, parvoz hududlarini aniq belgilaş va ulardan foydalaniş tartiblarini joriy etiş böyiça takliflar bildirildi.
Taqdimotda uşbu yangi yönaliş uçun malakali kadrlar tayyorlaş va innovatsion ekotizimni rivojlantiriş masalalariga ham eʼtibor qaratildi.
Xususan, kelgusi öquv yilidan Transport universitetida uçuvçisiz aviatsiya tizimlari böyiça mutaxassislar tayyorlaşni yölga qöyiş, taʼlimni amaliy maşğulotlar bilan uyğunlaştiriş, yoşlarning zamonaviy aviatsiya texnologiyalariga qiziqişini qöllab-quvvatlaş rejalaştirilmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan mutasaddilarga ilğor xorijiy tajriba asosida uçuvçisiz aviatsiya tizimlarini iqtisodiyot tarmoqlariga keng joriy etiş, mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş, tadbirkorlar uçun qulay şaroitlar yaratiş yuzasidan qonunçilikni takomillaştirişga doir takliflar tayyorlaş böyiça topşiriqlar berildi.