Diyora Keldiyorova Zagreb Gran-prisida bronza medalini qölga kiritdi
Ikki yarim yillik tanaffusdan söng sport faoliyatini qayta tiklagan hamyurtimiz -52 kilogramm vazn toifasida beşta bellaşuv ötkazib, ularning törttasida ğalaba qozondi.
Parij Olimpiadasi çempioni Diyora Keldiyorova Xorvatiya poytaxti Zagrebda davom etayotgan dzyudo böyiça Gran-pri musobaqasida bronza medalini qölga kiritdi.
Ikki yarim yillik tanaffusdan söng sport faoliyatini qayta tiklagan hamyurtimiz -52 kilogramm vazn toifasida beşta bellaşuv ötkazib, ularning törttasida ğalaba qozondi.
Keldiyorova dastlab qozoğistonlik Arujan Yerejepovani mağlubiyatga uçratdi. Keyingi bosqiçda marokaşlik Sumiya Iraouidan ustun kelgan özbekistonlik dzyudoçi çorakfinalda Kosovo vakili Fatjona Kasapini ham yengdi.
Yarimfinalda esa Diyora jahon reytingida yettinçi örinni egallab turgan vengriyalik Roza Dertyaşga imkoniyatni boy berdi.
Bronza medali uçun keçgan hal qiluvçi bellaşuvda Keldiyorova fransiyalik Blandin Pontni mağlub etib, şohsupaning uçinçi poğonasidan joy oldi.
Mazkur natija hamyurtimizga Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) reytingi uçun 350 oçko taqdim etdi. Musobaqa oldidan Keldiyorova jahon reytingida 97-örinda borayotgan edi.
E’tiborlisi, Zagrebdagi bronza Diyora Keldiyorovaning sönggi uçta xalqaro musobaqadagi ikkinçi medaliga aylandi. U avvalroq Qozoğistonning Aqtau şahrida taşkil etilgan turnirda çempionlikni qölga kiritgan edi.