Deputatlik sörovi natijasida piyodalar köprigi töliq yangilandi
Fuqarolar murojaatlarini örganiş, ularda kötarilgan muammolarni tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda hal etiş deputatlik faoliyatining muhim yönalişlaridan biridir.
Bu borada ÖzLiDeP deputatlari tomonidan amalga oşirilayotgan işlar aholi kundalik hayotidagi mavjud muammolarga yeçim topişga xizmat qilmoqda. Qoraqalpoğiston Respublikasi Taxtaköpir tumani Kengaşi deputati Zamira Seytnazarovaga “Ğarezsizlik” mahalla fuqarolar yiğini aholisi tomonidan 3-sonli maktab atrofida joylaşgan piyodalar köprigining taʼmirtalab holga kelib qolgani yuzasidan murojaat qilingan edi. Fuqarolarning bildirişiça, köprikning ayrim qismlari foydalaniş uçun xavfli holatga kelgan. Bu esa, ayniqsa, maktab öquvçilarining xavfsiz harakatlanişiga jiddiy tahdid tuğdirayotgan edi.

Deputat mazkur murojaatni örganib, masalani hal etiş yuzasidan tuman hokimligiga deputatlik sörovi yubordi. Unda piyodalar köprigining texnik holatini yaxşilaş, uni töliq yangilaş hamda aholi, xususan, öquvçilar uçun xavfsiz harakatlaniş şaroitini yaratiş zarurligi taʼkidlandi.
Deputatlik sörovi asosida kötarilgan masala tegişli tartibda körib çiqilib, ijobiy hal etildi. Bugungi kunda piyodalar köprigi töliq yangilanib, foydalanişga qulay va xavfsiz holatga keltirildi. Mahalla aholisi amalga oşirilgan işdan mamnunligini bildirib, öz murojaati eʼtiborsiz qolmagani, muammoning amaliy yeçim topişida taşabbus körsatgan deputatga minnatdorlik bildirdi.
Uşbu holat deputatlik sörovi fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etişda samarali taʼsirçan mexanizm ekanini yana bir bor körsatdi. Eng muhimi, aholi kötargan masala aniq amaliy natija bilan yakunlandi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri