Davlatimiz rahbari kino orqali xalqlar bir-birini tanishini ta’kidladi
Prezidentimizning "O‘zbekfilm” kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uchrashuvi davom etmoqda.
O‘z tarixi, madaniyati va milliy qahramonlarini jahon ekranlarida munosib namoyon eta olgan mamlakatning ovozi ham, ta’siri ham kengayadi.
Kino bugun shunchaki ko‘ngilochar san’at turi emas, balki mamlakatning xalqaro nufuzi va ta’sirini oshiradigan “yumshoq kuch”ga aylangan.
Prezidentimiz armiyani kuchaytirish va xavfsizlikka e’tibor qaratish bilan birga farzandlarimiz ongi va dunyoqarashini kim va qanday himoya qilishi haqidagi savolni o‘rtaga qo‘ydi. Bu savolga javob, avvalo, kino san’ati va kinoijodkorlardan kutilmoqda.
Mamlakatimiz yetakchisi ilgari surgan “O‘z” g‘oyasining kino san’atidagi ifodasini shunday bayon qildi: “O‘zligimizni anglab, o‘z hikoyamizni o‘z ovozimiz bilan dunyoga aytish”.
O‘zA